(kabelli, simsiz, sun’iy yo‘ldosh) aloqalari tarmog‘i orqali bog‘lagan
yirik tarmoq.
Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot
kanallari sig‘imi. M a’lum vaqt oralig‘ida
aloqa muhitlari orqali
uzatiladigan axborot hajmi - uning uzatilish tezligini belgilaydi.
Har qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tezlik
tushunchasi va uning o‘lchov birliklari mavjud bo‘lganidek,
axborotning ham uzatish tezligi hamda o'lchov birliklari mavjuddir,
bular:
-Bit/sekund - bir soniyada aloqa
muhiti orqali uzatiladigan
bitlar soni;
-K bit/sekund - bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan
minglab yaxlitlangan bitlar soni;
-M bit/sekund - bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan
millionlab yaxlitlangan bitlar soni;
-G bit/sekund - bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan
milliardlab yaxlitlangan bitlar soni.
Axborot kanallarining sig‘imi ular orqali m a’lum vaqt oralig'ida
uzatiladigan axborot hajmi bilan belgilanadi. Bu o‘z
navbatida
axborot kanallarining o‘tkazish qobilyatini anglatadi.
Oliy ta ’lim muassasalari kasb-hunar kollejlari va akademik
litseylaming hamda maktablaming kompyuter tarmoqlari, ular
asosida yechiladigan masalalar.
Oliy ta’lim
muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik
litseylar va maktablaming kompyuter tarmoqlari hamda ular asosida
yechiladigan masalalar quyidagilardan iborat:
-axborotni tashkil qilish va izlab topish;
-zam onaviy axborot texnologiyalari yordamida axborot va
bilimlami almashishga imkoniyatini yaratish;
-fanlardan bilimlarini chuqurlashtirish uchun q o ‘shimcha
m a’lumotlami tarmoqdan qidirish;
-talabalam ing fanlardan mustaqil ishlarini bajarish;
-elektron kutubxonadagi manbalardan foydalanish;
-m asofaviy ta ’lim olish;
-hisobotlar tayyorlash va uzatish;
-elektron hujjat almashishni tashkil qilish;
223
-talabalar
ota-onalari
farzandlarining
o ‘zlashtirishi
va
davomatini kuzatib borish.
Bundan tashqari hozirgi kunda Respublikamizda ta’lim
muassasalarining ta’lim tarmog‘i yaratilgan.
Ziyonet axborot-ta’lim tarmog‘i barcha ta’lim muassasalarining
axborot resurslarini o ‘zida jamlagan.
Hozirgi kunda barcha
o‘qituvchilar, o ‘quvchilar va talabalar ushbu tarmoqdan foydalanish
imkoniyatiga ega. Ziyonet axborot-ta’lim tarmog‘i axborotlami
joylashtirish,
toifalash, guruhlash hamda ulami qidirib topish
imkoniyatini taqdim etadi.
Dostları ilə paylaş: