Kompyuter tizimiga xujum deganda buzg‘unchining tizimdagi u
yoki bu zaif jihatlami izlab topib, ulardan o‘z niyatida foydalanishga
qaratilgan xatti-harakatlari nazarda tutiladi.
Axborotlarga ishlov berish tizimlarini
himoya qilishda maqsad
ulaming xavfsizligiga tahdidlaming oldini olishdan iborat.
Xavfsiz
yoki
himoyalangan
tizimlar
deb
xavfsizlikka
tahdidlarga muvaffaqiyatli va samarali qarshi tura oladigan himoya
vositalariga ega bo‘lgan tizimlarga aytiladi.
Himoya vositalari kompleksi bu AXni ta’minlash uchun
yaratiladigan va qo‘llab-quwatlanadigan dasturiy hamda texnik
vositalardir.
Kompleks muayyan
tashkilotda qabul qilingan
xavfsizlik siyosatiga muvofiq yaratiladi va qo‘llab-quwatlanadi.
Xavfsizlik siyosati deganda xavfsizlikka tahdidlaming m a’lum
bo‘lgan barcha turlaridan AXni himoyalash vositalari ishini
boshqarib tumvchi m e’yorlar, qoidalar va amaliy ko‘rsatmalar
majmui tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: