«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»



Yüklə 10,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə261/269
tarix28.09.2023
ölçüsü10,74 Mb.
#150106
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   269
«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»

Protsessing markazi
ixtisoslashtirilgan xizmat ko‘rsatish 
tashkiloti b o ‘lib, u bank-ekvayerlardan yoki xizmat ko'rsatish 
nuqtalaridan 
mualliflashtirish 
uchun 
kelib 
tushayotgan 
so'rovnomalarga hamda plastik kartalari yordamida amalga 
oshirilgan to‘lovlar va berilgan naqd pullar haqidagi qayd etiladigan 
m a’lumotlar tranzaktsiyalarining bayonnomalariga ishlov berilishini 
ta’minlaydi. Buning uchun protsessing markazi m a’lumotlar 
bazasini yuritadiki, unga, jumladan, to ‘lov tizimi a ’zolari boMgan 
banklar va plastik kartalarining egalari haqidagi m a’lumotlar ham 
kiradi. Protsessing markazi karta egalarining limitlari haqidagi 
m a’lumotlami saqlaydi hamda, bank-emitent o‘zining m a’lumotlar
533


bazasini yuritmagan hollarda (off-line bank), mualliflashtirish uchun 
kelgan so‘rovlami bajaradi. Agar bank-emitent bunday bazani 
yuritsa (off-line bank), protsessing markazi so'rovni mual- 
liflashtirilayotgan kartani uning o ‘ziga qayta jo'natadi. Tabiiyki
protsessing markazi bank-ekvayerga kelgan javobni ham qayta 
j o ‘natadi.
Bank-ekvayer o ‘z vazifalarini bajarishda bank-emitent bilan 
ham hisob-kitoblami amalga oshirishi zarur. Har bir bank-ekvayer 
ushbu to io v tizimiga kiruvchi bank-emitentlar karta egalarining 
to ‘lovlari 
b o ‘yicha 
xizmat ko‘rsatish 
nuqtalariga 
m ablag‘
o ‘tkazilishini ta’minlaydi. SHuning uchun ham bank-ekvayer-lar 
keyinchalik 
tegishli 
mablag‘lami bank-emitentlarga 
o ‘tkazib 
berishlari lozim. Ekvayerlar va emitentlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar 
tezkor amalga oshirilishi uchun, to ‘lov tizimida ushbu tizim a ’zolari 
b o ‘lgan banklar o ‘z muxbirlik hisob raqamlarini ochishlari mumkin 
bo‘lgan hisob-kitob banki (bitta yoki bir nechta) ning mavjud 
bo‘lishi kerak. 
Amaliyotlar olib borilgan kuni 
to'plangan
tranzaktsiyalar bayonnomalari asosida protsessing markazi to ‘lov 
tizimi ishtirokchilari bo‘lgan banklar o‘rtasida o ‘zaro hisob- 
kitoblami 
amalga 
oshirish uchun 
natijaviy 
m a’lumotlami
tayyorlaydi va j o ‘natadi, shuningdek stop-varaqchalami tayyorlaydi 
va ulami bank-ekvayerlar hamda bevosita xizmat k o ‘rsatish 
nuqtalariga jo ‘natadi.
Protsessing markazi shuningdek zavodlarga plastik kartalari 
tayyorlash uchun buyurtmalar berib, bank-emitentlaming ularga 
b o ‘lgan ehtiyojlarini ham qondirib boradi.
Plastik kartalar bo‘yicha savdo-sotiqlaming va naqd pul 
berishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu ishlar do‘konlar va 
banklar tomonidan «qarzga» amalga oshiriladi, ya’ni tovarlar va 
naqd pullar mijozga shu turda beriladi, ulami qoplaydigan 
mablag‘lar esa xizmat ko‘rsatayotgan korxonalaming hisobvaraq- 
lariga m a’lum vaqtdan keyin (bir necha kun mobaynida) kelib 
tushadi. Plastik kartalarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarida yuzaga 
keladigan to ‘lov majburiyatlarining bajarilish kafolatini ulami 
chiqargan bank-emitent o ‘z zimmasiga oladi. Bank-emitent 
kafolatlarining xarakteri mijozga taqdim etiladigan hamda karta
534


turida qayd etilgan to ‘lov vakolatlariga bog'liq. Plastik kartalar 
yordamida amalga oshirilayotgan hisob-kitoblar turiga qarab, kredit 
va debet kartalari farqlanadi. Kredit kartalari plastik kartalarining 
eng keng tarqalgan turidir. Ularga AQSHning V isa va M asterC ard , 
A m erican Express va qator boshqa umummilliy tizimlaming 
kartalari mansubdir. Bu kartalarni egalari savdo va xizmat ko'rsatish 
korxonalarida tovar va xizmatlar haqini to ‘lash uchun taqdim 
etadilar. Kredit kartalari yordamida haq to‘lashda xaridor banki unga 
xarid qilingan tovarlar summasiga kredit ochadi, bir qancha vaqt 
(odatda 25 kun) dan keyin esa pochta orqali unga hisob (schet) 
yuboradi. Xaridor to ‘langan chek (schet) ni bankka qaytarib berishi 
kerak. Tabiiyki, bunday sxemani bank faqat o ‘zining ancha badavlat 
va sinalgan, y a ’ni bankda depozitlar, qimmatliklar va ko‘chmas 
mulk ko‘rinishidagi kattagina qo‘yilmalarga ega mijozlariga taqdim 
etilishi mumkin.
Debet kartasining egasi o ‘zining bank-emitentdagi hisob- 
varag‘iga aw aldan m a’lum bir summani qo‘ygan bo‘lishi kerak. 
Ushbu summa miqdori ishlatilish doirasidagi mablag‘lar limitini 
tashkil etadi. Bu kartani q oilagan holda hisob-kitoblarni amalga 
oshirishda mos ravishda limit ham kamayadi. Limit nazorati 
mualliflashtirishni o‘tkazish paytida bajariladi. Mualliflashtirish esa 
debet kartasidan foydalanishda majburiydir. Limitni yangilash yoki 
ko‘paytirish uchun karta egasi o ‘z hisob varag‘iga yana mablag‘ 
qo‘yishi kerak bo‘ladi. T o io v amalga oshirilgan daqiqa bilan bank 
tomonidan tegishli axborot olingan daqiqa o ‘rtasidagi vaqt uzilishini 
xavf-xatardan asrash uchun mijoz hisobvarag‘ida pasaymaydigan 
qoldiq saqlanib turishi kerak.
Kredit kartasi ham, debet kartasi ham nafaqat shaxsiy, balki 
korporativ boMishi mumkin. Кофогайу kartalar kompaniyalar 
tomonidan o ‘z xodimlariga xizmat safari yoki boshqa xizmatga oid 
sarflami qoplash uchun beriladi. Kompaniyaning кофогайу 
kartalari uning qandaydir bitta hisobvarag‘i bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu 
kartalar bo‘lingan yoki bo‘linmagan limitga ega boMishi mumkin. 
BoMingan limitda кофогайу kartalar egalarining har biriga shaxsiy 
limit belgilanadi. B o‘linmagan limitdan ko‘proq uncha katta
535


boim agan kompaniyalar foydalanadi va unda limit bo‘linishi ko‘zda 
tutilmaydi.
So‘nggi yillarda mikroprotsessorli kartalardan foydalanadigan 
elektron to io v tizimlari o‘ziga ko‘proq diqqatni jalb etmoqda. 
Mikroprotsessorli 
kartalaming 
yuqorida 
tavsiflangan 
barcha 
kartalardan asosiy farqi shundaki, ularda mijoz hisobvarag‘i 
to ‘g ‘risidagi axborot bevosita joylashgan, chunki ular mohiyat 
e ’tibori bilan tranzit hisobvaraqlardir. Barcha tranzaktsiyalar 

Yüklə 10,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   269




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin