Aktiv plastik kartalarining o ‘ziga xos xususiyati shundan
iboratki, ular ichiga qurib o ‘matilgan elektron mikrosxemaga ega.
Elektron mikrosxemali plastik kartalarining ishlash tamoyili 1974
yilda firantsiyalik Rolan Moreno tomonidan patentlangan.
ISO 7816 standard integral mikrosxemalarda ishlaydigan kartalar yoki chipli
kartalarga qo‘yiladigan asosiy talablami belgilab beradi. Yaqin
kelajakda mikrosxemali kartalar magnit yo‘lkali kartalami siqib
chiqaradi. Shuning uchun mikrosxemali kartalaming asosiy turlariga
batafsilroq to ‘xtab o ‘tamiz.
Mikrosxemali kartalami bir necha belgilariga ko‘ra tasniflash
mumkin.
Birinchi belgi - kartaning bajaradigan vazifalariga ko‘ra im
koniyatlari.
Bu o ‘rinda kartalaming quyidagi asosiy turlarini ajratib
ko'rsatish mumkin:
■ karta-hisoblagichlar;
■ xotirali karta;
■ mikroprotsessorli kartalar.
Ikkinchi belgi - o ‘qib olish qurilmasi bilan o‘zaro almashinish
turi:
• kontaktli o‘qib olish kartalari;
• induktsiyali o ‘qib olish kartalari.
U yoki bu to‘lov amali karta egasi hisobvarag‘idagi qoldiqning
m a’lum bir qayd etilgan summaga kamayishini talab qilgan hollarda
odatda karta-hisoblagichlar qo‘llanadi. Bunday kartalar aw aldan
to‘lovlar
amalga
oshiriladigan
ixtisoslashtirilgan
ilovalarda
qo‘llanadi. Hisoblagichli kartalaming qoilanish doirasi ham,
istiqboli ham cheklanganligi o ‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi.
Xotirali kartalar hisoblagichli kartalar va protsessorli kartalar
o‘rtasida o‘tish vazifasini o ‘taydi. Xotirali karta bu mohiyat e’tibori
bilan qayta yozib olinadigan hisoblagichli karta bo‘lib, unda
buzg‘unchilar hujumlaridan himoyalanganlikni oshiradigan choralar
539
ko‘rilgan. Hozirda mavjud bo‘lgan eng oddiy xotirali kartalarda
xotira hajmi 32 baytdan 16 kilobaytgacha etadi.
Xotirali kartalami ikki turga -