«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»



Yüklə 10,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə263/269
tarix28.09.2023
ölçüsü10,74 Mb.
#150106
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   269
«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»

Passiv plastik kartalari 
axborotlami u yoki bu 
tashuvchida saqlaydi xolos, ularga magnit yo‘lkali plastik kartalari 
mansubdir.
Magnit yo‘lkali plastik kartalar bugungi kunda kartalaming eng 
keng tarqalgan turi b o ‘lib, bunday kartalaming ikki milliarddan 
ortig‘i muomalada yuribdi. Magnit yo‘lka kartaning orqa tomonida 
joylashgan hamda 
ISO 7811 
standartiga muvofiq uchta yo‘ldan 
iborat. Ulaming dastlabki ikkitasi identifikatsiya m a’lumotlarini 
saqlashga m o‘ljallangan, uchinchi yo‘lga esa turli axborot (masalan, 
debet kartasi limitining joriy qiymati) ni yozish mumkin. Biroq k o ‘p 
martalab qaytariladigan yozish va o‘qib olish jarayonlarining 
ishonchliligi nisbatan past b o ‘lgani tufayli, uchinchi yo‘lga yozish 
odatda amalda qo‘llanilmaydi va bunday kartalar faqat o‘qib olish 
rejimida qo‘llanadi.
Magnit yo‘lkali kartalar buzg‘unchilar uchun nisbatan zaifdirlar. 
Masalan, 1992 yilda AQSHda magnit yo‘lkali kredit kartalari ustida 
olib borilgan hiyla-nayranglar tufayli kelgan umumiy zarar miqdori 
(bankomatlardagi yo‘qotishlardan tashqari) bir milliard dollardan 
oshib ketdi. SHunga qaramay, mavjud to‘lov tizimlarining, jumladan 
Visa 
va 
MasterCard/Europay 
kabi kartali biznes sohasining 
etakchilari bo‘lgan kompaniyalaming rivojlangan infratizimi bunday 
kartalaming bugungi kunda faol qo‘llanishiga sabab bo‘lmoqda.
Visa 
va 
MasterCard/Europay 
kompaniyalari, o ‘z kartalarining 
himoyalangan-ligini oshirish maqsadida, qo‘shimcha grafik himoya 
vositalaridan foydalanadi: bular gologrammalar va embossiyalash 
uchun nostandart shriftlar.
Bunday kartalardan foydalanadigan to ‘lov tizimlari savdo 
nuqtalarida on-line mualliflashtirishni talab qiladi. Buning natijasi
538


o'laroq tarmoqlangan, yuqori sifatli kommunikatsiya vositalari ham 
talab qilinadi. SHuning uchun ham bunday to lov tizimlarining 
qo‘llanishi aloqa tizimi yaxshi rivojlanmagan mamlakatlarda ancha 
cheklangan.

Yüklə 10,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   269




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin