Passiv plastik kartalari axborotlami u yoki bu
tashuvchida saqlaydi xolos, ularga magnit yo‘lkali plastik kartalari
mansubdir.
Magnit yo‘lkali plastik kartalar bugungi kunda kartalaming eng
keng tarqalgan turi b o ‘lib, bunday kartalaming ikki milliarddan
ortig‘i muomalada yuribdi. Magnit yo‘lka kartaning orqa tomonida
joylashgan hamda
ISO 7811 standartiga muvofiq uchta yo‘ldan
iborat. Ulaming dastlabki ikkitasi identifikatsiya m a’lumotlarini
saqlashga m o‘ljallangan, uchinchi yo‘lga esa turli axborot (masalan,
debet kartasi limitining joriy qiymati) ni yozish mumkin. Biroq k o ‘p
martalab qaytariladigan yozish va o‘qib olish jarayonlarining
ishonchliligi nisbatan past b o ‘lgani tufayli, uchinchi yo‘lga yozish
odatda amalda qo‘llanilmaydi va bunday kartalar faqat o‘qib olish
rejimida qo‘llanadi.
Magnit yo‘lkali kartalar buzg‘unchilar uchun nisbatan zaifdirlar.
Masalan, 1992 yilda AQSHda magnit yo‘lkali kredit kartalari ustida
olib borilgan hiyla-nayranglar tufayli kelgan umumiy zarar miqdori
(bankomatlardagi yo‘qotishlardan tashqari) bir milliard dollardan
oshib ketdi. SHunga qaramay, mavjud to‘lov tizimlarining, jumladan
Visa va
MasterCard/Europay kabi kartali biznes sohasining
etakchilari bo‘lgan kompaniyalaming rivojlangan infratizimi bunday
kartalaming bugungi kunda faol qo‘llanishiga sabab bo‘lmoqda.
Visa va
MasterCard/Europay kompaniyalari, o ‘z kartalarining
himoyalangan-ligini oshirish maqsadida, qo‘shimcha grafik himoya
vositalaridan foydalanadi: bular gologrammalar va embossiyalash
uchun nostandart shriftlar.
Bunday kartalardan foydalanadigan to ‘lov tizimlari savdo
nuqtalarida on-line mualliflashtirishni talab qiladi. Buning natijasi
538
o'laroq tarmoqlangan, yuqori sifatli kommunikatsiya vositalari ham
talab qilinadi. SHuning uchun ham bunday to lov tizimlarining
qo‘llanishi aloqa tizimi yaxshi rivojlanmagan mamlakatlarda ancha
cheklangan.