«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»


Elektron to‘lov tizimlarida axborot



Yüklə 10,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə260/269
tarix28.09.2023
ölçüsü10,74 Mb.
#150106
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   269
«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»

21.6. Elektron to‘lov tizimlarida axborot
xavfsizligi.
Bugungi kunda bank operatsiyalari, savdo kelishuvlari va o ‘zaro 
to ‘lovlar amaliyotini plastik kartalari qo‘llanadigan hisob-kitoblarsiz 
tasaw u r qilib bo‘lmaydi. 0 ‘zining ishonchliligi, universalligi va 
qulayligi tufayli plastik kartalar boshqa to ‘lov vositalari orasida 
puxta o ‘rin egalladi hamda 2000 yilga kelib naqd to ‘lovlarga 
qaraganda etakchilik qila boshladi.
Elektron to‘lov tizimi 
deb ushbu tizim doirasida to‘lov vositasi 
sifatida bank plastik kartalarining qo‘llanishini ta’minlaydigan 
usullar va bu usullami ishga soluvchi subyektlar majmuiga aytiladi.
Plastik karta bu jonlantirilgan to ‘lov asbobi bo'lib, ushbu karta 
foydalanuvchisiga tovarlar va xizmatlarga naqd pulsiz to ‘lovlami 
amalga oshirish, shuningdek bank avtomatlaridan va bank 
bo'limlarida naqd pul olish imkonini beradi. Kartani to‘lov asbobi 
sifatida qabul qilayotgan savdo va xizmat ko‘rsatish (servis) 
korxonalari hamda bank b o ‘limlari kartalarga xizmat ko‘rsatish 
nuqtalarining qabul qilish tarmog‘ini hosil qiladi.
To‘lov tizimini yaratishda hal qilinadigan asosiy vazifalardan 
biri to‘lov tizimiga kirgan emitentlar tomonidan chiqarilgan 
kartalarga xizmat ko‘rsatish, shuningdek o ‘zaro hisob-kitoblar va 
to‘lovlami olib borishning umumiy qoidalarini ishlab chiqish va 
ularga rioya etishdan iborat. Bu qoidalar kartalar ustida olib 
boriladigan 
m a’lumotlar 
standartlari, 
mualliflashtirish, 
foydalanilayotgan asbob-uskunalaming ixtisoslashtirilishi va shu 
kabi boshqa sof texnik sohadagi amallami ham, shuningdek banklar 
o ‘rtasida o ‘zaro hisob-kitoblar olib borish qoidalari, qabul tarmog‘i 
tarkibiga kiruvchi savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan 
hisob-kitoblar olib borish va shu kabi boshqa moliyaviy jihatlami 
ham o ‘z ichiga oladi.
Tashkiliy jihatdan to ‘lov tizimining yadrosi bu shartnomaviy 
majburiyatlar bilan birlashtirilgan banklar assotsiatsiyasidir. Bundan 
tashqari, elektron to‘lov tizimi tarkibiga xizmat ko'rsatish tizimini
531


hosil qiluvchi savdo va xizm at k o ‘rsatish korxonalari kiradi. T o‘lov 
tizimi muvaffaqiyatli faoliyat k o ‘rsatishi uchun, kartalarga xizm at 
k o ‘rsatishda texnik yordamni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan 
tashkilotlar ham zarurdir.
T o io v tizimi bilan bitim tuzgan va tegishli litsenziyaga ega 
b o ‘lgan bank ikki hil sifatda - bank-em itent va bank-ekvayer 
sifatlarida nam oyon b o ‘lishi mumkin. 
Bank-emitent plastik 
kartalarni chiqaradi ham da ushbu kartalardan to ‘lov vositasi sifatida 
foydalanish bilan bog‘liq b o ‘lgan m oliyaviy m ajburiyatlaming 
bajarilishini kafolatlaydi. Bank-ekvayer kartalarni to ‘lov vositasi 
sifatida to io v la r uchun qabul qilayotgan savdo va xizm at k o ‘rsatish 
korxonalariga xizm at ko‘rsatadi, shuningdek bu to ‘lov vositalarini, 
y a’ni kartalarni o ‘z b o ‘limlarida ham da o ‘ziga tegishli bo‘lgan 
bankomatlar orqali naqd pulga aylantirish uchun qabul qiladi. Bank- 
ekvayem ing asosiy vazifalari xizm at k o ‘rsatish nuqtalari bilan 
hisob-kitoblar olib borish bilan b o g'liq moliyaviy amallami 
bajarishdan iborat. Bank-ekvayem ing texnik m asalalar bilan b o g ‘liq 
faoliyatini bajarish ekvayer tom onidan protsessing markazlariga 
topshirilishi mumkin.
Karta 
yordam ida 
to ‘lovlami 
qabul 
qilishning 
avto- 
matlashtirilmagan amallari nisbatan oson. T o‘lov paytida korxona 
mijozga tegishli plastik karta rekvizitlarini nusxa k o ‘chiruvchi 
imprinter mashinasi yordam ida maxsus chekka o ‘tkazib olishi, 
chekda sotib olingan tovarlar va ko ‘rsatilgan xizm atlar summasini 
qayd etishi ham da m ijoz imzosini olishi kerak. Bunday usul bilan 
rasmiylashtirilgan chek 
slip 
deb ataladi.
T o ‘lov tizimi amallarining xavfsizligini ta ’minlash maqsadida 
hisob-kitoblam i m ualliflashtirmay turib olib borish mum kin b o ‘lgan 
hududlar va biznes turlari uchun belgilangan sum malar limitidan 
oshib ketmaslik tavsiya qilinadi. Summa limiti oshib ketgan yoki 
mijoz shaxsi shubha tug'dirgan hollarda korxona mualliflashtirish 
amallarini bajarishi kerak. Mualliflashtirish paytida korxona mijoz 
hisob raqamining holati haqidagi axborotlarga kirish im koniga ega 
b o ‘ladi hamda kartaning aynan mijozga tegishliligi va uning 
kelishilgan summa m iqdorida to ‘lovga layoqatligigini aniqlab oladi.
532


Slipning bitta nuxasi korxonada qoladi, ikkinchisi mijozga 
topshiriladi, uchinchisi bank-
ekvayerga etkaziladi hamda to‘lov summasining korxonaga 
mijoz hisob raqamidan to‘lab berilishi uchun asos vazifasini o ‘taydi.
So‘nggi yillarda avtomatlashtirilgan savdo POS-terminallar 
(Point-Of-Sale - savdo nuqtasida to ‘lov) va bankomatlar keng 
ommaviylashib 
bormoqda. 
POS-terminallardan 
foydalanishda 
sliplarni to‘ldirishga ehtiyoj qolmaydi.. Plastik karta rekvizitlari 
uning magnit y o ‘lkasidan POS-terminalga o ‘matilgan o‘qib
olgichda o‘qib olinadi. Mijoz terminalga o ‘zining faqat o‘ziga 
m a’lum bo‘lgan PIN-kodi (Personal Identification Number - shaxsiy 
identifikatsiya raqami) ni kiritadi. PIN-kod elementlari magnit 
yo‘lkasidagi yozuvni shifrlashning umumiy algoritmiga qo‘shiladi 
hamda karta egasining elektron imzosi bo‘lib xizmat qiladi. POS- 
terminal klaviaturasida kelishuv summasi teriladi.
Agar kelishuv bank bo‘limida amalga oshirilayotgan bo‘lsa 
hamda bu kelishuv jarayonida mijozga naqd pul berish amali 
bajarilayotgan b o is a , bu hollarda POS-terimnaldan tashqari yana 
elektron kassir-bankomatdan foydalanish mumkin. 0 ‘z tuzilishiga 
ko‘ra u qurilma POS-terminalga ega bo‘lgan avtomatlashtirilgan 
seyfdir.
Terminal qurilma modem orqali tegishli to ‘lov tizimiga 
mualliflashtirish uchun murojaat qiladi. Bunda pressing markazi 
quw atidan foydalaniladi. Uning xizmatlari esa, yuqorida aytib 
o'tilganidek, savdogarga bank-ekvayer tomonidan taqdim etiladi.

Yüklə 10,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   269




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin