Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


Axborot tizimi- qo’yilgan maqsadni amalga oshirish uchun axborotni



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/52
tarix19.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#157175
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

Axborot tizimi- qo’yilgan maqsadni amalga oshirish uchun axborotni 
qidirish, yig’ish, saqlash, qayta ishlash, va uzatish usullari, vositalari va 
xodimlarning o’zaro bog’liq majmuidir.
AT ning hozirgi zamon tushunchasi asosiy texnik vosita sifatida kompyuter 
va aloqa-kommunikatsiya vositalaridan foydalanishni ko’zda tutadi. Undan tashqari, 
AT lar odamlar uchun yangi axborot olish uchun yaratiladi va xodimlarsiz uni 
tassavvur qilish mumkin emas.


20 
AT ni “kattakon bilimdon, dono temir yashik” deb tassavvur qilish mumkin. 
Unga inson savol bilan murojaat qiladi va kerakli, foydali javob oladi. Shuning 
uchun AT larda xilma-xil, zamonning eng yangi, eng kuchli, keng qamrovli, ba’zan 
maxsus programmalari ishlatilishi aniq. 
Kelgusida korxona, tashkilot, firma bir xil ma’noga ega deb qaraymiz va ular 
bir maqsad bilan yig’ilgan xodimlarning majmui deb tushuniladi. Ular firmada 
umumiy moddiy, moliyaviy va axborot resurslari va xizmatlarga ega.
Axborotlashtirish
— yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan 
ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda 
axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-
iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni
Axborot resursi
— axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, 
ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi; 
Axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori
— axborot 
resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va 
ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; 
Axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi
— qonun bilan 
yoki axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan 
huquqlar doirasida axborot resurslariga yoxud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, 
ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin