43
zamonaviy kompyuterlarsiz amalga oshirish qiyin. Ulardagi ma`lumotlarni qayta
ishlash mashina grafikasi yordamida amalga oshirish foydalanuvchiga katta
qulayliklar tug’diradi. Mashina grafikasi deganda ob`ektlarning hajm modellarini
yaratish, saqlash, ishlov berish va EHM lar yordamida ularni tasvirlash tushuniladi.
Kompyuter grafikasi yangi informatsion texnologiyalar orasida to’xtovsiz rivojlanib
borayotgan yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Bunday rivojlanish texnika sohasida
ham (grafika stantsiyalari), dasturiy vositalar sohasida ham ko’zga tashlanmoqda.
Ular videofilm kadrlari bilan sifat bo’yicha taqqoslashga loyiq haqiqiy, hajmli
harakatlanuvchi tasvirlarni yaratishga imkon beradi. Bu dasturiy mahsulotlar
reklamalar ishlab chiqaruvchi vositalar hisoblanib, san`at va multimediya
texnologiyasi sohalarida qo’llaniladi. Bundan tashqari namoyish grafikasiga,
geometrik modellashtirishga, grafik interfeyslarni loyihalashga, animatsiya
(harakatlanuvchi tasvirlar) ga va ko’zga ko’rinuvchi (vizualnыy) harakatni qurishga
katta e`tibor berilmokda.
Kompyuter grafikasi ilm va fanning barcha sohalarida, ayniqsa iktisodiy
ko’rsatgigchlarni tahlil qilishda muvoffaqiyatli qo’llanilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: