47
bo’yicha berilgan traektoriya bo’yicha bir marta yugurib o’tadi va shu holat ikkinchi
buyruq kelmaguncha trubka xotira qurilmasida saqlanib qoladi.
Rastrli kurilmalarda tasvir uni hosil qiluvchi nuqtalarning yig’indisi sifatida
paydo bo’ladi. (piksel va PEL-lar yig’indisi). Rastr - deb gorizontal qatorlarning vaqt
birligidagi yig’indisiga aytiladi. Bunda har bir qator alohida PEL lardan tashkil
topadi. Nur ketma-ket har bir qator bo’ylab yugurib o’tadi.
Har bir PEL lardan
o’tayotganda nurning yorqinlik darajasi o’zgaradi. Displeylar turli rejimda ishlashi
mumkin. Bir qatordagi piksellar sonini ekrandagi qatorlar soniga ko’paytmasi
displeyning sezuvchanlik darajasini ko’rsatadi. Sezuvchanlik darajasi qanchalik
katta bo’lsa, hosil qilinadigan tasvirni sifati ham shunchalik yaxshi bo’ladi, lekin
teskari nisbatda apparatura tannarxi qimmatlashib boradi.
Shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladigan displeylar 2-xil sezuvchanlikka ega:
1. Past sezuvchanlik - 200 vert. Nuqtalar * 320 gorizon. nuqtalar;
2. Yukori sezuvchanlk - 200 vert. Nuqtalar * 640 gorizon. nuqtalar;
Dostları ilə paylaş: