-
чиси” образи
-
ни яратиш
Коррекцион
педагогика
дастурий
воситаларни
яратиш
Ўқувчига
образли
фикрлашда
фантазияни
ошириш
Реал жараён
-
ларни иммита
-
ция қилиш ва
моделлаштириш
Ўқишга бўл
-
ган
қизиқиш
-
ни
ошириш
Ахборотни
кўргазмали
тақдим этишни
ошириш
Axborot turlarini parallel va katta hajmda hada interfaol usulda uzatilishi
ta’lim samaradorligini oshirishda xizmat qiladi.
O’rgatuvchi multimedia tizimlar – o’quvchilarga vizual axborotlarni
o’zgartirish yoki turli rejtmlarga o’tish, turli texnik vositalarni yoki qurilmalarning
ishini boshqarish, harakatlarni o’zgartirish imkoniyatlariga ega.
Multimedia texnologiyalarining ta’lim tizimda qo’llash imkoniyatlari
quyidagi sxemada keltirilgan.
Hozirgi kunda multimedia texnologiyalari elektron o’quv qo’llanmalarini va
didaktik o’yinlarni ishlab chiqishda qo’llaniladi.
Multimedia majmualarini yaratishda multimedia vositalaridan foydalaniladi.
56
Multimedia
vositalari
asosida
yaratilgan
dasturiy
majmualardan
foydalanuvchi kompyuter bilan muloqot qilish hamda gipermatnlar, video, audio,
grafika, animatsiya kabi axborot turlari bilan ishlash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Zamonaviy maltimedia tizimlar ta’limda quyidagi didaktik imkoniyatlarga
ega:
-
audiovizual axborotlarga ega ma’lumotlar bazasiga interfaol kirish va
kerakli syujetni ko’rish hamda eshitish;
-
virtual ob’ektlarni boshqarish;
-
ob’ektning yoki jarayonning virtual obrazini yaratish va uni dinamik
o’zgarishini o’rganish.
Demak, ta’lim tizimida multimedia texnologiyalarini qo’lash o’quv
mashg’ulotlari sifatini oshirishga hamda o’quvchilarning mustaqil bilim olish
imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.
SHuning uchun, Hukumatmiz tomonidan qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturida” zamonaviy AKT yaratish va ularni o’quv jarayonida keng joriy
etish masalalariga alohida e’tibor berilgan.
Darhaqiqat, tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, AKT didaktik imkoniyatlari ta’lim
jarayonini intensifikatsiya qilishga, bilimlarni mustaqil topib olib o’zlashtirish
bo’yicha o’quvchining intellektini rivojlantirish metodikasini imkon beradi.
Zamonaviy AKT yaratish va foydalanish quyidagilarni ta’minlaydi:
-AKT va foydalanuvchi orasida qayta aloqa o’rnatish va interfaollikni
ta’minlash;
-o’rganilayotgan ob’ekt xususida o’quv axborotlarni vizualizatsiya qilish,
tadqiqot ob’ekti harakatlarini grafik interpretatsiya qilish;
-o’rganilaetgan ob’ekt yoki jarayondagi axborotlarni modellashtirish va
interpretatsiya qilish;
-katta hajmdagi ma’lumotlarni arxivlash, saqlash va ko’paytirish;
-hisoblash va axborot qidiruv jarayonlarni avtomatlashtirish, o’quv
eksperimentlarni qayta ishlash hamda takrorlash;
57
-ta’lim
jarayonini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishni
avtomatlashtirish, sub’etlar orasida lokal va global tarmoq orqali axborot
almashishni avtomatlashtirish.
O’quv axborotlarni kompyuterli vizualizatsiyalash ta’lim samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi.
O’rganilayotgan ob’ektni kompyuterli vizualizatsiyalash –EHM ekrnida biror
ob’ektning yoki tizim hamda jarayonning to’la harakatini yoki ayrim qismlarining
aloqadorligini ko’rgazmali taqdim etishdir.
Kompyuterli vizualizatsiyalash inson ko’rib bilmaydigan mavhum
jarayonlarni ham modellashtirish imkonini beradi.
O’quv axborotlarni kompyuterli vizializatsiyalashni ta’minlash dasturiy
vositalarni qo’llash orqali interfaol muloqotni joriy etish imkonini berishi va
qo’yidagilarni ta’minlashi kerak:
1. Real ob’ektlarni (robot, monipulyator, sanoat qurilmalari) boshqarish.
Ob’ektlar sifatida tajriba uskunalari yoki eksperimental stendlar bo’lishi mumkin.
2. O’quv faoliyatni avtomatik nazorat qilish, tekshirish, o’zgartirish kiritish.
Yuqorida keltirilgan AKT ning keng imkoniyatlari o’quv jarayonida ushbu
vositalarning quyidagi funktsiyalarini joriy etish imkonini beradi:
-axborot-ma’lumotnomalarni qo’llash (ma’lumotlar bazasini, nazariy
malumotlarni, metodik echimlarni ekranda namoyon etish);
-materiallarni ko’rgazmali namoyish etish, ob’ektlarni kompyuterli
vizualizatsiyalash;
-mustaqil ishlarda turli qiyinchilik darajasidagi masalalarni generatsiya qilish
hisobidan o’qitishni differenciallash va induviduallashtirish;
-bosqichma-bosqich ishlash imkoniyati bo’yicha o’quv jarayonini
optimallashtirish;
-bilimlarni nazorat qilish yoki mashqlar bajarish orqali korrektsiya qilish;
-diagnostika qilish, o’quv natijalari asosida ko’p uchraydigan xatolarni
aniqlash;
58
-axborotlarni va o’quv materiallarni uzatish, o’quvchilar haqida axborot
yig’ish hisobidan boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish;
-real tajribalarni modellashtirish, tajriba stendlarda ob’ekt, jarayon, tizimlar
ishini immitatsiya qilish;
-tajriba natijalarini qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish, grafik,
dionramma, jadvallar qurish, datchiklar yordaida signallar asosida kompyuterda real
jarayonlarning holatini ko’rish va qayta ishlash.
AKT asosida o’qitish vositalarini qo’llab tashkil etiladigan har bir mashg’ulot
o’quvchining tajribasidan, guruhning tayyorgarlik darajasidan va mashg’ulotning
xususiyatlaridan kelib chiqqan holdva belgilanadi.
AKT ni ta’lim jarayoida joriy etish quyidagi pedagogik maqsadlarga
erishishga qaratilgan:
-
axbortlashtirish, globallashuv va ommaviy kommunikatsiya sharoitida
zamonaviy jamiyatning ijtimoiy buyurtmalarini amalga oshirish;
-
-axborotlashgan jamiyatda o’quvchi shaxsining rivojlanishi, uni bo’lajak
hayotga tayyorlash;
-ta’lim tizimini intensifikatsiyalash, uning samaradorligi va sifatini oshirish.
Yuqorida sanab o`tilgan xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan
multimedia tizimlaridan ba’zilarini ko`rib o`tamiz.
Hozirgi vaqtda internet texnologiyalarining rivojlanishi va o‘z navbatida,
masofali ta’lim turining paydo bo‘lishi natijasida taqdimot fayllarini internet
brauzerining o‘zida onlayn ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish uchun flash (swf)
formatida yoki HTML 5 texnologiyasi asosida yaratilgan fayl bo‘lishi kerak.
Hozirga kelib, PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik
shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar yaratilgan. Mahsulot iSpring deb
nomlanadi va iSpring Free, iSpring PRO va iSpring Presenter kabi variantlarga ega
[http://www.ispringsolutions.com]. Mustaqil ekspertlarning fikriga ko‘ra, bugungi
kunda mazkur mahsulot tezligi, bir formatdan boshqa formatga konvertatsiyalash
sifati va optsiyalar soniga ko‘ra eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. iSpring nafaqat
flash-taqdimotlarni yaratishga, balki ta’lim jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan
59
roliklar tayyorlashda, xususan, ularga turli shakldagi so‘rovlar, elektron testlarni
ham kiritgan holda o‘zaro interaktiv bog‘lanish imkoniyatini ham beradi.
iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud:
• taqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash
imkoniyati;
• taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni)
kiritish imkoniyati;
• taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko‘ra olish,
taqdimotga «himoya belgi»si qo‘yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan
domenlardagina «aylantirilishi»;
• video qo‘shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;
• elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki
masofaviy o‘qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv
matnlar yaratish uchun vosita o‘rnatilgan (Quiz tugmachasi);
• masofaviy o‘qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC — mos
keluvchi kurslarini yaratish;
• taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API;
• videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;
• YouTube’ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish imkoniyati.
60
Ispring
dasturining
interfeysi
EAT resurslari ichida
kiruvchi ma’lumotnomalar va
lug‘atlarni yaratish uchun
iSpring
Kinetics
dasturini
keltirish mumkin.
iSpring
Kineticsning
quyidagi asosiy imkoniyatlari
mavjud:
• biror-bir fan bo‘yicha elektron ko‘rinishdagi qulay bo‘lgan glossariy,
ma’lumotnoma yoki lug‘at yaratish;
• vaqt shkalasini yaratish;
• 3 o‘lchovli kitob yaratish;
• FAQ yaratish mumkin.
iSpring Kinetics dastur imkoniyatlari
EAT resurslari ichida kiruvchi elektron nazorat turlarini yaratish uchun
iSpring QuizMaker dasturini keltirish mumkin.
iSpring QuizMaker quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:
• tarmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptatsiyalashtirilgan testlarni
yaratish) imkoniyati;
61
• ikki, uch, to‘rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri to‘g‘ri,
ikkitasi haqiqatga yaqinroq turidagi topshriqlari;
• bir necha to‘g‘ri javobli yopiq test topshiriqlari;
• ochiq test topshiriqlari;
• o‘xshashlikni aniqlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar;
• to‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlashga mo‘ljallangan topshiriqlarni yaratish
imkoniyati.
iSpring QuizMaker dasturining interfeysi
Bundan tashqari masofali ta’lim jarayonida qo’l keladigan multimedia
tizimlariga misol qilib Camtasia Studio, Adobe Flash va boshqa dasturlarni keltirish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |