Axborot kommunikatsiya texnologiyalari


AKTni davlat boshqaruviga joriy etish



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/52
tarix19.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#157175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

AKTni davlat boshqaruviga joriy etish 
o
Davlat xodimlarini kompyuter texnikasi bilan ta’minlash - 90 % (2010 yil 
boshida 88,5%); 
o
Markaziy apparatlarda lokal tarmoqlarni yaratish - 98,3% yaratilgan (2010 
yil boshida 90,2%);.
o
Xodimlarning kompyuterda ishlash ko’nikmalarini egallash darajasi - 
68,3% (2010 yil boshida 65%);
o
Idora ichida qog’ozsiz hujjat almashish ulushi 53%ni tashkil qiladi
(2010 yil boshida 52%); 


13 
o
“.uz” domeni zonasida ro’yxatga olish narxi 15 AQSh dollaridan milliy 
valyutaga – so’mga o’tkazilib qiymati 6 ming so’mga (35%ga) tushirildi; 
o
2010 yilda qo’shimcha 1,5 ming veb-sayt ro’yxatdan o’tib jami domen 
nomlari soni 11 mingtani tashkil etdi (o’sish 16%). 
3. Axborotlashgan jamiyat 
Mutaxassislar, 
guruhlar, 
yirik 
ishlab 
chiqarish 
korxonalari 
yoki 
muassasalarining faoliyati ko’p jihatdan ularning qay darajada zaruriy ma’lumot va 
axborotlar bilan to’la ta’minlanganligiga, hamda ushbu ma’lumotlardan qay 
darajada samarali foydalana olayotganliklariga bog’liq bo’lib qolmoqda. Avvalo bir 
echimga kelishdan, qaror qilishdan oldin ushbu masalaga (sohaga) aloqador bo’lgan 
juda ko’plab ma’lumotlarni to’plash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish zarur 
bo’ladi. Ba’zan bunday ma’lumotlar to’plami shu qadar ko’payib ketadiki, ularni 
qayta ishlash va tahlil qilishni maxsus texnik tizimlar yordamisiz amalga oshirib 
bo’lmay qoladi. Bundan tashqari, kundalik hayotda qabul qilish va qayta ishlash 
zarur bo’lgan axborotlar hajmi nihoyatda ortib borayotganligi sababli, ba’zan ularni 
qabul qilishga ham ulgurilmayapti. Axborot va ma’lumotlar hajmining bu qadar 
ko’payib ketishi, oqimining esa tezlashib borishini asosiy sabablaridan biri axborot 
texnika va texnologiyalarning rivojlanishi zamonaviy eng yangi texnologiyalarini 
qo’llash, ikkilamchi xomashyolardan oqilona foydalanish, energetik resurslarni 
tejamkorlik bilan ishlatish, inson mehnatini engillashtirish hisobiga oshirish 
bosqichiga kirganligidir. Bu esa, o’z navbatida, jamiyatni yuqori darajada 
axborotlashgan bo’lishini talab etadi.
Jamiyatni axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga 
bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari 
hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy 
ijtimoiyiqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir
.
2
Axborotlashgan jamiyatining moddiy va texnologik negizini kompyuter 
texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya 
aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
2
O’zbekiston Respublikasining “Aхborotlashtirish to’g’risida” gi Qonуni. Toshкent shahri, 2017 yil1may 


14 
Axborotlashgan jamiyat - jamiyatning ko’pchilik a’zolari axborot, ayniqsa 
uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va 
amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir.
Axborotlashgan jamiyatga o’tishda kompyuter va telekommunikatsiya 
axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga 
keladi.
Axborotlashgan jamiyat quyidagi jihatlarda namoyon bo’ladi: 
o
texnik qurilmalardan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lish; 
o
o’z faoliyatida kompyuter, axborot texnologiyalaridan foydalanish; 
o
turli manbalardan axborotni olishni bilish va undan samarali foydalanish; 
o
axborotni tahliliy qayta ishlash asoslarini egallash; 
o
o’z faoliyatiga taalluqli axborotni bilish va u bilan ishlashni uddalash. 
Hozirgi paytda shu narsa ravshan bo’lib qolmoqdaki, u yoki bu mamlakat XXI 
asrda munosib o’rin egallashi va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy musobaqada 
teng qatnashishi uchun, o’z iqtisodiy tuzilishi, ustivorliklari, boyliklari, institutlarini 
qayta qurish va sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi kerak. 
Axborotlashgan jamiyatning shakllanishi davlat va jamiyatlar hayotining 
barcha sohalarida jiddiy o’zgarishlarga olib kelmoqda. Hozirda axborot odamlar va 
jamiyat faravonligining eng muhim manbaasiga aylanmoqda, rivojlangan davlatlar 
iqtisodiyoti tarkibida axborot texnologiyalari indutsriyasi eng yirik sohani tashkil 
etadi. 
Bizning Respublikamiz ham mustaqillik tufayli axborotlashgan jamiyat 
tomon kirib bormoqda. Bu masala Prezidentimiz va hukumatimizning diqqat 
markazida birinchi masallalar qatorida turibdi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin