Axborot kommunikatsiya texnologiyalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/52
tarix19.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#157175
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari

Nazorat savollari: 
1.
Informatika nima? 
2.
Axborot texnologiyalari nima? 
3.
Fanni o’qitishning maqsadi va vazifasi nima? 
4.
Fan qaysi muammolarni o’rganadi?
5.
Axborot texnologiyalarining asosiy vazifalari nima? 
6.
Axborotlashgan jamiyat nima? 
7.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining qo’llash sohalari va ularning 
axborotlashgan jamiyatdagi o’rni qanday?
 
 
*
David Watson, Helen Williams. Computer science, IGCSE is the registered trademark of 
Cambridge International Examinations. 2014 y.


17 
Maruza 2.
Kompyuter tizimlari. Kompyuter tizimlarining texnik, dasturiy, lingvistik 
ta’minoti va ularni ishlash texnologiyalari. 
Reja: 
1. Kompyuter tizimlari.
2. АТ ning apparat va dasturiy ta’minoti 
3. Komp’yuter arxitekturasi 
Inson har qadamda axborot bilan to’qnashganiga qaramasdan uning aniq ilmiy 
ta’rifi yo’q. (Axborotni inson tashqi dunyodan o’z sezgi organlari orqali oladi). Biror 
predmet yoki hodisaga aniq ta’rif berib bo’lmaganda fan tushunchalarga asoslanadi. 
Tushunchaning ta’rifdan farqi shundaki, har xil odamlar unga har xil ma’no 
beradilar. Avvalo, axborotni inson tashqi dunyodan o’z sezgi organlari orqali oladi. 
Tabiatni kuzatib, odamlar bilan suhbatlashib, kitob va jurnallar o’qib, televizor 
ko’rib, radio eshitib biz axborot olamiz. Matematik axborotga kengroq qaraydi: u 
axborotga fikr yuritib olingan ma’lumotni ham qo’shadi. Biolog esa yana chuqurroq 
boradi: u axborotga individga ota-onadan gen orqali o’tgan ma’lumotni ham kiritadi. 
(Gen bu ota-onadan bolaga o’tadigan genetik kod bo’lib, u sababli bolalar o’z ota-
onalariga shunday o’xshashdirlar). Shunday qilib, axborotga har xil predmetlarda 
har xil qaralar ekan. Lekin, axborotga xos barcha predmetlarda umumiylik bor-bu 
axborotning ustida bajariladigan amallar va umumiy xossalari. Umumiy xossalar 9 
ta : haqiqiylik, xolislik (ob’ektivlik), aniqlik, to’liqlik, qimmatlilik, tushunarlilik, 
dolzarblik, qisqalik, foydalana olishlik; bajariladigan amallar esa 5 ta: axborotni 
qidirish, yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish

1-rasm. Axborot ustida bajariladigan amallar 
Qidirish 
Yig’ish 
Saqlash 
Qayta 
ishlash 
Uzatish 


18 
Bu amallar qandaydir texnik vositalar bilan inson yordamida amalga 
oshiriladi: 
kompyuter, radio, televidenie, telefon, faks....
Axborot ustida bunday 
amallar bajarishdan maqsad nima? –Yangi, 
foydali axborot yaratish va undan biror 
qaror qabul qilish
uchun foydalanish. 
Ilgari axborot byurokratik sferaning ishi va qaror qabul qilishda cheklangan 
vosita deb qaralar edi. Bugun esa, axborot jamiyatning rivojlanishida asosiy 
resurslardan biri bo’lib xizmat qilmoqda, Axborot tizimlari (ATiz) va Axborot 
texnologiyalari (ATex) esa jamiyatda ish unumdorligini va samaradorligini 
oshirishning asosiy vositasidir. Bu fikr yuqoridagi epigraflardan ham ko’rinib 
turibdi.
Axborot tizimlari (ATiz) va Axborot texnologiyalari (ATex) hozirgi paytda 
ishlab chiqarish, boshqaruv, moliyaviy, savdo-sotiq va boshqa sohalarda keng 
qo’llanilmoqda.

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin