20
AT ni “kattakon bilimdon, dono temir yashik” deb tassavvur qilish mumkin.
Unga inson savol bilan murojaat qiladi va kerakli, foydali javob oladi.
Shuning
uchun AT larda xilma-xil, zamonning eng yangi, eng kuchli, keng qamrovli, ba’zan
maxsus programmalari ishlatilishi aniq.
Kelgusida korxona, tashkilot, firma bir xil ma’noga ega deb qaraymiz va ular
bir maqsad bilan yig’ilgan xodimlarning majmui deb tushuniladi.
Ular firmada
umumiy moddiy, moliyaviy va axborot resurslari va xizmatlarga ega.
Axborotlashtirish
— yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan
ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot
texnologiyalari hamda
axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-
iqtisodiy va
ilmiy-texnikaviy jarayoni;
Axborot resursi
— axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot,
ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;
Axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori
— axborot
resurslariga yoki axborot
tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va
ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi
— qonun bilan
yoki axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan
huquqlar doirasida axborot resurslariga yoxud axborot tizimlariga egalik qiluvchi,
ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Dostları ilə paylaş: