Boshqaruv deb qo’yilgan maqsadga erishish uchun uning tashkiliy,
rejalashtirish, hisoblash, tahlil, nazorat, rag’batlantirish funktsiyalarini
bajarishga aytiladi.
Boshqaruvning
tashkiliy funktsiyasi
deb tashkilotning strukturasi va normativ
hujjatlar kompleksini ishlab chiqishga aytiladi. Normativ hujjatlarda xodimlarning
shtatlar jadvalida bo’ysinish tartibi, ma’suliyati, kompetentlik sohasi, huquq va
burchlarini ko’rsatiladi.
Boshqaruvning
rejalashtirish funktsiyasi
deb rejalar ishlab chiqish va ularni
amalga oshirishga doir harakatlar tushuniladi.
Boshqaruvning
hisob funktsiyasi
deb firmaning ko’rsatkichlarini ishlab
chiqish yoki tayyor formalardan foydalanish faoliyati, jumladan buxgalteriya hisob
ishlari, moliyaviy hisob ishlari, boshqaruv hisobotlarini tayyorlash kabi ishlarni
bajarish tushuniladi.
Boshqaruvning
tahlil funktsiyasi
deb plan va zakazlarni bajarish, ta’sir etuvchi
faktorlarni aniqlash, resurslarni aniqlash, rivojlanish tendentsiyalarini o’rganish kabi
faoliyat tushuniladi.
Boshqaruvning
rag’batlantirish funktsiyasi
deb xodimlar mehnatini
rag’batlantirish usullari tushuniladi. Rag’batlantirish ikki xil, ya’ni moddiy ( pul,
23
mukofotlar, mansabda ko’tarish) va ma’naviy (rahmatnoma, gramotalar, unvonlar
va darajalar berish, hurmat taxtasiga chiqarish) bo’ladi.
Komp’yuter arxitekturasi
Ixtiyoriy komp’yuterning asosiy qismlari - bu mikroprotsessor va xotira.
Dastlabki komp’yuterlarda ma`lumotlar va dasturlarni saqlash imkoniyati
yo`q edi. 1945 yil Amerikalik fizik, matematik Djon fon Neyman komp’yuterda
ularni xotirada saqlash mumkinligi haqidagi fikrni olg’a surdi.
EHM tuzilishining umumiy tamoyillarini ishlab chiqdi va unda ikkilik sanoq
tiimlaridan foydalanish g’oyasini ilgari surdi. Bu tamoyil hisoblash texnikasi
tarixida keskin burilish yasadi va fan – texnikaning turli sohalarining jadal
rivojlanishiga turtki bo`ldi. Shu bois zamonaviy komp’yuter tuzilishining asoslari
Fon Neyman tamoyili asosida deb yuritiladi.
Fon Neyman tamoyiliga ko`ra komp’yuter quyidagi qismlardan tashkil topgan
bo`lishi lozim 1-rasm:
▪
Protsessor, u arifmetik mantiqiy va boshqaruv qurilmasidan tuzilgan bo`lib,
arifmetik mantiqiy amallarni bajaradi hamda boshqaruv qurilmasi yordamida
dasturning bajarilish jarayonini tashkil qiladi va qurilmalarni boshqaradi;
▪
Xotira qurilmasi – dastur va ma`lumotlarni saqlaydi;
▪
Kiritish va chiqarish qurilmalari – ma`lumotlarni kiritish va chiqarishni
ta`minlaydi.
Protsessor
(boshqaruv
qurilmasini
ishga
tushiradi)
Xotira
qurilmasi
|