Axborot kutubxona tizimlari



Yüklə 104,18 Kb.
səhifə2/5
tarix24.12.2023
ölçüsü104,18 Kb.
#191990
1   2   3   4   5
МУСТАҚИЛ ИШ КЎРСАТМА

1.MUSTAQIL ISH TUZILMASI

    1. Mustaqil ishi quyidagi qismlardan tashkil topishi lozim:

  • Titul varag‘i;

  • Mundarija;

  • Kirish;

  • Mo‘ljallangan mavzuning tahlili va masalani qo‘yilishi;

  • Bo‘limlar

  • Xulosa (yoki mulohaza);

  • Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;

  • ilova (agar lozim bo‘lsa).

    1. Titul varaqa mustaqil ishining birinchi beti hisoblanib, qat’iy ravishda tasdiqlangan qoida bo‘yicha to‘ldiriladi (titul varag‘ining namunasi 1 ilovada keltirilgan); titul varag‘idan so‘ng mundarija joylashtiriladi.

    2. Mundarija – mustaqil ishining qism, bo‘lim va paragraflarining ro‘yxati.Mustaqil ishning bo‘lim va paragraflarining nomlari qisqartirilgan holda yoki tasdiqlangan qoidadan boshqa ko‘rinishda berish mumkin emas.

    3. Kirish qismida quyidagilar o‘z aksini topishi lozim:

  • Mavzuning dolzarbligi;

  • Fan sohasini formal tasnifi;

  • Ushbu sohadagi muammolar va mazkur ishning zarurati;

  • Loyihaning maqsadi va vazifalari (samaradorligini oshirish, sifatini yaxshilash);

  • Masalaning noformal tavsifi (mazkur ishning maqsadi)


    1. Bo‘limda quyidagilar o‘z aksini topishi lozim:

  • Tadqiqot ob’ektining qisqacha tavsifi. Funksional tuzilmasi, tarkibi va masalalarning o‘zaro ta’siri;

  • Ushbu soha muammolarining tahlili va rivojlantirish istiqbollari;

  • Qaralayotgan sohaga nisbatan masallaning umumiy qo‘yilishi – maqsadni formulirovka qilish va yechimga talablar;

  • Mavjud yechimlarni sharhi, ularning ustunliklari va kamchiliklari, qo‘yilgan talablarga mosligi;

  • Masalani qo‘yish va sohani talablarini hamda mavjud yechimlarni kamchiliklarini hisobga olgan holda mazkur ishga talablarni aniqlash;

    1. Mustaqil ishda bajarilgan ishlarning xulosasi «Xulosa» degan bo‘limda keltiriladi. Har bir xulosa asoslangan bo‘lib, qo‘yilgan masalani bajarilganlik darajasi hamda kelgusida rivojlantirish istiqbollari ko‘rsatib o‘tilishi lozim. Faqatgina jiddiy tahlil qilingan va tekshirilgan natijalar asosida xulosa chiqarish tavsiya etiladi. Xulosalar qisqa va lo‘nda bo‘lishi lozim. Har bir xulosa tartiblangan bo‘lib, ularning soni katta bo‘lmasligi kerak.

Umuman olganda, har bir o‘quvchi ishning “Kirish” va “Xulosa” qismini o‘qib chiqqandan so‘ng ishning maqsadi va erishilgan natijalar bo‘yicha tasavvurga ega bo‘lishi lozim.

    1. Adabiyotlar ro‘yhatiga muallif foydalangan barcha manbalar kiritiladi.

    2. Mustaqil ishning ilova qismida bajarilgan ishning agar dasturiy ta’minot bo‘lsa dastur kodlari, namoyishga kerakli bo‘lgan ma’lumotlar kiritiladi.


Yüklə 104,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin