2. MUSTAQIL ISHNI KERAKLI SHAKLGA KELTIRISHNING ASOSIY TALABLARI 2.1. Mustaqil ish bo‘lim va alohida qismlarining mazmuni mustaqil ishning asosiy maqsadiga mos va talablariga javob berishi lozim.
2.2. Mustaqil ishning matni kompyuterda chop etiladi.
2.3. Mustaqil ishning hajmi qat’iy ravishda chegaralanmaydi, ammo uning kompyuterdagi matni xajmi 15-25 bet atrofida bo‘lishi tavsiya etiladi. Matn 1,5 oraliqda Times New Roman, Times New RomanUZ, shriftlarida 14 o‘lchamda teriladi. Mustaqil ish qo‘lyozmasini o‘lchamlari quyidagicha (A4 formatli qog‘ozda): chapdan 30 mm, yuqoridan 20 mm, o‘ngdan 10 mm va quyidan 25 mm maydonlar qoldirilib, matn teriladi.
2-ilovada ko‘rsatilgan. Formulalar aniq va alohida-alohida kompyuterda yoziladi.
Bosma va yozma harflar, daraja va indeksdagi belgilar aniq bo‘lishi lozim. Formulalar uchun belgilarni quyidagi o‘lchamlari tavsiya etiladi: bosma harflar va raqamlar -7-8 mm, yozma – 4 mm, indeks va daraja ko‘rsatkichlari – 2 mm dan kichik bo‘lmasligi talab etiladi.
Jadvallar, rasmlar, chizmalar, grafiklar, fotorasmlar Mustaqil ish ichida ham ilovada ham standart varaqlarda (A4 formatda) bo‘lishi lozim. Foto va rasmlar skaner yordamida matnni kerakli joyiga qo‘yiladi.
3. MUSTAQIL ISHDA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 3.1 Mustaqil ishda foydalanilgan adabiyotlar quyidagi tartibda qayd etiladi
Asosiy adabiyotlar: G‘anieva.B.I. Axborot kutubxona katalogi va fondi: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2017.-212b.-ISBN 978-9943-07-556-6
Ғаниева Б.И. Ахборот-кутубхона муассасаларида болаларга хизмат кўрсатиш: ўқув услубий қўлланма.-Тошкент:ТДМИ, 2011.-116 б.
Справочник школьного библиотекаря [Текст] / О. Р. Старовойтова, С.М. Плескачевская, Т. Д. Жукова; Под ред. Ю.Н. Столярова. -Москва: Школь ная библиотека, 2006. - 448 с.
Кутубхона ва ёш китобхон: амалий қўлланма. А.С. Адаменко [ва бошқ.].-Тошкент: Ўқитувчи, 1992.-171б.