Axborot psixologik xavfsizlikni ta’minlashning asoslari va usullari



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə3/4
tarix16.12.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#75384
1   2   3   4
axborot xavfsizligi slayd

To’rtinchidan, ijtimoiy fikrni shakllantirishda axborot ta’sirini, axborot texnologiyalaridan foydalanish usullari va uslublari tobora kengayib borayotganligini nazarda tutsak, axborot-psixologik xavfsizlik muammosining dolzarbligiga yanada jiddiyroq e’tibor qaratishga to’g’ri keladi.

Beshinchidan, axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasining mohiyati shundaki, u alohida olingan inson, jamiyat tushunchalari doirasidan chiqib ketib, yaxlit insoniyat, butun kishilik taqdiri bilan bog’liq global masalalarni ham qamrab oladiki, ushbu jihati bilan u hozirgacha mavjud bo’lib kelgan global muammolarning eng tajovuzkori, eng buzg’unchisi ekanligi ma’lum bo’ladi. Bu holat xalqaro siyosatda, davlatlararo, mintaqalararo muammolarni hal etishda buyuk davlatchilik shovinizmi avj 10 olishi mumkin bo’lgan holatlarda yana ham xavfliroq mohiyat kasb etadi. Bunday paytda ko’proq an’anaviy siyosiy muvofiqlashtirish tajribalaridan kengroq foydalanish talab etiladi. Ya’ni, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’biri bilan aytganda, bunda sharqona munosabatlar ilmi - mulohazalilik, mushohadalilik, har qanday voqea va hodisalarga aql-idrok yo’rig’i bilan yondashish tamoyili ustuvor bo’lmog’i lozim.

Oltinchidan, axboriy-psixologik xavfsizlik tushunchasi ma’lum bir xalq, millat, mamlakat hayotida jiddiy ijtimoiy xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan tinchlik va barqaror taraqqiyot yo’lida unumli foydalanishni va ularni boshqarishni, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarga siyosiy tus bermaslik usullarini ishga solishni taqozo etadi

Project Timeline


1. Axborotning uning egasiga zarar keltiradigan tasodif yoki qasddan qilingan tahdidlarga (xavf-xatarlarga) chidamliligining umumlashgan xossasi.
2. Axborotning holati. Bu holat axborot tashuvchisining (axborotlashtirish ob’ekti,
ma’lumotlarni uzatish tarmog’i va boshqalarni) uni qayta ishlash, saqlash va uzatishda
axborotning konfidentsiallik, butunlik va kirishimlilik kabi xususiyatlarga ega bo’lib
qolishini ta’minlash qobiliyati bilan tavsiflanadi.
3. Axborotning chiqib ketishi, soxtalashtirilishi, nusxa olinishi,o’zgartirilishi,
oshkor bo’lishi, buzilishi, qamal qilinishiga olib keluvchi beruxsat tasodifan yoki qasddan qilingan amallardan muhofazalanganligi. Konfidentsiallik, butunlik va
kirishimlilik axborot xavfsizligining tavsifnomasi bo’lib hisoblanadi.
4. Axborot munosabatlari sub’ektiga zarar etkazish mumkinligi bilan bog’liq bo’lgan xavf ehtimolining yo’qligi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin