5. Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlatning axborot sohasida muhofaza qilinganlik holati.
6. Axborot xavfsizligi uchta asosiy tarkibiy qismlardan iborat: konfidentsiallik, butunlik va kirishimlilik osonligi. Konfidentsiallik nozik axborotni ruxsatsiz olishdan muhofaza qilishga tegishli. Butunlik axborot va dasturli ta’minotning aniqligi va to’liqligini muhofaza qilishni bildiradi. Kirishimlilik osonligi – bu axborot va asosiy xizmatlarning foydalanuvchi uchun kerakli paytda foydalanish osonligini ta’minlash.
7. Axborot va qo’llab-quvvatlovchi infratuzilmaning muhofaza qilinganligi. Bunda tasodifan yoki atayin qilingan, tabiiy yoki sun’iy tavsifga ega bo’lgan va axborot va qo’llab-quvvatlovchi infratuzilma egasi yoki foydalanuvchilariga zarar etkazish mumkin bo’lgan ta’sirlardan muhofazalash nazarda tutilgan