Axborot texnologiyalari evolutsiyasi Reja



Yüklə 225,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix06.06.2023
ölçüsü225,74 Kb.
#125795
1   2   3   4   5   6   7   8
Maruza 1

EHM lar uchinchi avlodi 1960 yillar oxiri va 1970 yillar boshlarida paydo bo„ldi. Ushbu 
mashinalar integral holda ishlaydigan yarim o„tkazgichlar asosiga qurilgan. Integral sxema ancha 
murakkab tranzistorli sxemaga mos tugallangan mantiqiy funktsional bloklarni ifodalaydi. 
Ushbu sxemalarning qo„llanilishi EHM lar o„lchamining keskin qisqarishiga, ishonchliligi 
unumdorligining oshishiga olib keldi. Bunga ko„p qatlamli chop etish montajining qo„llanishi 
ko„mak berdi. Ayni turdagi EHM lar mashinalar tuzilmasining nomarkazlashuv tendentsiyasi 
davom etishiga olib keldi. SHundan keyin bir necha, jumladan ixtisoslashgan protsessorli 
hisoblash tizimlari keng qo„llanila boshlandi. Tashqi qurilmalar nomenklaturasi o„zgardi. 
Ularning tarkibida asosiy o„rinni terminal va terminal stantsiyalar, katta hajmni sig„dira oladigan 
magnitli disklar egallaydi. 
Ta‟kidlash joizki, bu davrda EHM ning mantiqiy tuzilmasi bilan bog„liq bo„lgan tavsiflar 
majmuini anglatuvchi EHM “arxitekturasi” (me‟morchiligi) atamasi joriy etildi. “Arxitektura” 
tushunchasiga EHM elementlari (apparatura va dasturiy ta‟minot), foydalanuvchi nuqtai 
nazaridan EHM xususiyatini belgilovchi elementlar o„rtasidagi aloqa va o„zaro harakatlar 
tamoyillari kiradi. Uchinchi avlod EHM larida ilk bor EHM lar oilasini yaratishga nisbatan 
arxitektura jihatdan yagona yondashuv qo„llanilgan. Bunday yondoshuv birinchi galda bir oila 
tarkibiga kiruvchi EHM modellarining yagona konstruktorlik-texnologik bazasi va dasturiy 
muvoffiqligini anglatadi. Dasturiy ta‟minot va birinchi galda operatsion tizimlarning roli 
kuchaydi. Operatsion tizimlarining rivojlanishi mashinalarning turli rejimda paketlarni qayta 
ishlash, vaqtni bo„lish, so„rov-javob rejimi ishlarini boshqarishni ta‟minladi. Aytish joizki
dasturiy ta‟minot qiymati tufayli apparaturalar narxi oshdi. Ushbu avlod mashinalarida ularga 
uzoq masofada bo„lgan abonentlarning bevosita kira olish imkoniyati kengaydi. Abonentlarning 
EHM lar bilan muloqoti mashina-axborot aloqa kanallari (telegraf, telefon, radioaloqa va 
hakazo) bilan bog„liq abonent punktlarining rivojlangan tarmog„i hisobiga amalga oshiriladi. 
EHM dan foydalanish sohalari ancha kengaydi. Masalan, samarali ishlash nuqtai nazaridan 
mumkin bo„lmagan vazifalar borasidagi cheklashlar deyarli yo„q bo„ldi. Ulardan 
foydalanuvchilar o„rtasida vaqtni avtomat ravishda aniqlash rejimidagina emas, boshqaruvchi 
tizim tarkibida vaqtning aniq bir ko„lamida ham ishlashga qodir universal mashinalar sifatida 
foydalanila boshlandi. 

Yüklə 225,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin