Axborotni taqdim etish tizimining rivojlanishi. Aytish mumkinki, axborot texnologiyasi bir
necha million yillar avval odamzod o„rtasida ilk bor o„zaro muloqotga kirishish usullari (turli
tovushlar chiqarish, imo ishora, hatti-harakatlar qilish) paydo bo„lishi bilan birga yuzaga kelgan
deb aytish mumkin. Bunda axborot almashinuvi faqat yakka shaxslar o„rtasidagina amalga
oshirilgan. Nutq paydo bo‘lishi bilan birga(taxminan 100 ming yil oldin) odamlar miyasida
axborot to„planishi imkoniyati yuzaga keldi.
Keyingi bosqichda, ya‟ni yozuvning paydo bo‘lishi (5-6 ming yil avval) insoniyatning umumiy,
jamoa xotirasining yuzaga kelishiga sabab bo„ldi. Aynan yozuvning paydo bo„lishi axborotni
to„plash, uzatish, qayta ishlash, saqlash va etkazish kabi to„liq jarayonni amalga oshirishga
imkoniyat yaratib berdi. Bu imkoniyat tufayli axborot moddiy tashuvchilarda qayd etila
boshlandi. Axborot tizimi va texnologiyasining keyingi taraqqiyoti asosan kommunikatsiya
vositalari bilan bog„liq.
Kommunikatsiya tizimining rivojlanishi. Axborot texnologiyasining rivojlanishi axborotni
taqdim etish tizimidan tashqari, axborot kommunikatsiya vositalarini takomillashtirish bilan
bog„liq edi. Ular axborotning nomoddiy tashuvchisi, ya‟ni nutq paydo bo„lgandan so„ng yuzaga
kelgan. Buni axborot texnologiyasining rivojlanishi tarixidagi ilk “portlash” deb baholash
mumkin edi.
Taraqqiyotning keyingi fazasi – qog‘oz kashf qilingunga qadar axborotning moddiy tashuvchi
vositalari o„zgarib bordi. Ya‟ni, so„zlarni toshga o„yib yozish orqali birinchi marta axborotni
ko„z bilan ko„rib qabul qilish imkoniyati yuzaga keldi.
Eramizdan avvalgi to„rtinchi ming yillikda avvaliga loydan, so„ng yog„ochdan yasalgan
tablichkalarga yozishga o„tildi va bu axborot-kommunikatsiyalarga dinamik mazmun kasb etdi.
Papirusning kashf etilishi axborot tashish vositasining hajmini oshirdi va unga buyoq qo„llash
imkoniyati mavjudligi bois ahamiyati ham oshib bordi. Pergamentning paydo bo„lishi
(eramizdan avvalgi III asr) bilan esa yangi axborot «portlashi» ro„y berdi: axborotning eng
maqbul tashuvchisi
–
kitob yuzaga keldi (IV asr).
Axborot texnologiyasining qog„oz fazasi V asrdan boshlanadi. Bu paytda qog„oz (II asrda
Xitoyda kashf etilgan) Evropa mamlakatlarining sanoat ishlab chiqarish obyektiga aylangan edi.
Shundan keyingi davr axborot texnologiyasi rivojlanishida katta rol o„ynadi. Shundan so„ng
savdo va hunarmandchilik rivojlangach shahar pochtasi, XV asrdan boshlab esa xususiy pochta
(G„arbiy Evropa), XVI-XVII asrlarda markaziy qirollik pochtasi (Frantsiya, Shvetsiya, Angliya
va boshqalar) yuzaga keldi. Ushbu barqaror kommunikatsiya tufayli axborot faoliyatiga yanada
ko„proq odamlar jalb etilmoqda va u yirikroq mintaqalarni qamrab olmoqda.
Germaniyada kitob chop etilishining kashf etilishi (XV asr o„rtasida) axborot texnologiyasi
rivojlanishi jarayonida kashfiyot bo„ldi. Bu hol unga ommaviylik olib keldi. Mohiyatan bu
tabiatshunoslikda ilmiy-texnik taraqqiyotining yangi bosqichi bo„lib qoldi. Ilmiy-texnik
atamaning paydo bo„lishi axborot texnologiyasida sifat o„zgarishini, ko„p nushada kitob, jurnal,
gazeta, geografik harita, texnik chizmalarning chop etilishi esa miqdor o„zgarishini keltirib
chiqardi.
XIX asr oxiridagi texnik inqilob bilan bog„liq axborot texnologiyasi rivojlanishidagi yangi
bosqich barqaror xalqaro kommunikatsiya shakli sifatida pochta aloqasining yuzaga kelishi
bilan izohlanadi. Ayni davrda fotografiya (1879 y.), telegraf (1832 y.), telefon (1876 y.), radio
(1895 y.) kashf qilingan edi. Axborot texnologiyasi rivojlanishida foydalanuvchi uchun qulay
shaklda axborotni olish, saqlash va tezda uzatishning umumjahon tizimini yaratish davri yuzaga
keldi. Bu esa axborotni texnik, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning harakatlanuvchi kuchiga
aylantirdi hamda zamonaviy texnik inqilob bosqichida uning etakchilik kuchini belgilab berdi.
Natijada uzoq yillar davomida jamiyatda juda katta hajmda axborot to„planib qolishi va undan
oqilona foydalana olmaslik masalasini hal etish imkoniyati yuzaga keldi.
Axborot ham mazmun, ham miqdor jihatidan insoniyat iste‟mol qiladigan eng qimmatli
mahsulotlardan biriga aylandi. Axborot inqilobining taraqqiyoti XX asr ikkinchi yarmida yangi
bosqichga keldi. Bu davrda axborot texnologiyasi rivojlanib, qog„oz o„rnini texnik vositalar
egalladi. Endi axborotni uzatish (elektromagnit to„lqinlar yordamida) tezligi og„zaki nutqqa
nisbatan million marta ortib keldi.
Intiutsiyasi (ekspert tizimi) ishlab chiqarish kuchiga aylandi, sun‟iy intellekt esa texnik
taraqqiyotning sifat jihatidan yangi vazifalarini hal etish imkoniyati yuzaga keldi. Mashinaviy
dinamik axborot tizimining alohida ahamiyati jamiyat hayotida eng oldingi rejaga yanada
zamonaviy EHM va u bilan bog„liq texnologiyalarni yaratish muammosini qo„ydi. Insonlar
o„rtasida (endilikda inson va mashina o„rtasida) o„zaro axborot harakati mexanizmining
rivojlanish tarixi axborot texnologiyasini barcha ilm sohalari rivojlanishining yagona
integratsiya tizimi sifatida tushunishga asos beradi.
XX asrning 50 yillarida EHM ning paydo bo„lishi va ulardan foydalanish imkoniyatining jadal
oshib borishi bilan mehnatni avtomatlashtirish, axborot mahsulotlari va xizmati bozorining
yuzaga kelishiga asos bo„ldi.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasining rivojlanishi axborotni qayta ishlash va uzatish
bo„yicha yangi texnik vositalarning paydo bo„lishi, EHM dan foydalanishning tashkiliy
shakllarini takomillashtirish, infratuzilmani yangi kommunikatsiya vositalari bilan boyitish bilan
bir qatorda kechdi.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasining evolyutsiya jarayoni 1-jadvalda berilgan. EHM
avlodlari almashuvi ro„y berdi. Bu EHMning asosiy texnik foydalanish va iqtisodiy parametrlari,
birinchi navbatda samaradorlik, xotira hajmi, ishonchliligi, gabarit o„lchami va narxi kabi
omillar o„zgarishi bilan bog„liq edi. Mashina orqali echish uchun vazifalarni tayyorlash ish
hajmini kamaytirish, insonning EHM bilan aloqasini engillashtirish hamda EHMdan foydalanish
samaradorligini oshirish EHM rivojlanishining asosiy omili edi va shunday bo„lib qolmoqda.
1-jadval
Dostları ilə paylaş: |