ANGREN UNIVERSITETI
Fan: O'zbekistonning eng yangi tarixi Mavzu: xx asr 80- yillari ikkinchi yarmida O'zbekistondagi ijtimoiy iqtisodiy siyosiy vaziyat
MUSTAQIL ISHI
Guruh: PP-112
Bajardi: Nuridinova Sabina
Tekshirdi: Ibragimova M
Reja;
XX asr 80-yillari o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va manaviy hayotidagi inqirozli holat.
Mazkazning O’zbekistonda amalga oshirilgan qatag’on siyosati.
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq ittifoqdagi o’zgarishlar
1. XX asrning 80-yillari oxirida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hayot.Ma`lumki, XX asrning 70-80 yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sura’ti tobora pasayib, sarf-xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi.
Farg’ona fojeasi. Qayta qurish millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham o’z aksini topdi. Uzoq yillar davomida to’planib, shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohadagi muammolarning millatlararo munosabatlarga ta’sir etmasligi mumkin emas edi.
1989 yil may-iyun oylarida Farg’ona, Toshkent viloyatlarida va Andijon shahrida millatlararo mojarolar ro’y berdiki, u respublikada va butun mamlakatda g’oyat darajada katta shov-shuvlarga sabab bo’ldi hamda respublikada siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Ma’lumki, ikkinchi jahon urushi yillarida mustabid tuzum tomonidan deportatsiya qilingan bir qator xalqlar qatorida mesxeti turklari ham bo’lib, ular asosan aholi zich yashaydigan Farg’ona viloyatiga, bir qismi Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga joylashtirilgan, buning oqibatida esa ijtimoiy-iqtisodiy va millatlararo munosabatlarda qo’shimcha muammolar yuzaga kelgan edi. Bu muammoga sovet davlati o’z vaqtida e’tibor bermadi. Aksincha, «rivojlangan sotsializm» davriga kelib SSSRda «milliy masala butunlay hal qilindi» deb «tantana» qilindi.
Mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o’rtasida to’qnashuv kelib chiqdi va bu mojaro Farg’ona vodiysida ommaviy tus oldi. Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to’g’ri baholay olmadi. Natijada, oddiy mojaro Farg’ona, Marg’ilon, Toshloq, Qo’qon, Andijon, Namangan, Toshkentda aholining, ayniqsa, yoshlarning ommaviy chiqishlariga, millatlararo to’qnashuvlarga sabab bo’ldi.
Farg’ona fojialari haqida respublika matbuotida va boshqa ommaviy axborot vositalarida to’g’ri ma’lumot berilmaganligi, bu mojarolarning kelib chiqishida asosan «mahalliy aholi aybdor» deb bir tomonlama va noxolis baholanishi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. 11 iyunda Toshkent shahrida ishlayotgan va o’qiyotgan farg’onalik yoshlardan 100 ga yaqini «qizil maydonda» namoyish uyushtirib, Farg’ona voqealari haqida «noto’g’ri» ma’lumot berishlarga qarshi fikr bildirdilar va boshqa bir qator talablar qo’ydilar. Bunday ommaviy chiqishlarga, kommunistik mafkura tartibiga qarshi borishlarga «ko’nikmagan» mustabid tuzum siyosiy rahbariyati namoyishchilarga qarshi harbiy qism tashladi. 1989 yil 8 iyunda Qo’qonda tinch namoyishchilar ana shu harbiy qism askarlari tomonidan o’qqa tutildi, natijada 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok bo’ldi (ularning ko’pchiligi yoshlar edi), 200 dan ortig’i esa yarador qilindi. Umuman 3-12 iyun kunlari Farg’ona viloyatida bo’lgan millatlararo to’qnashuvlar va ularni harbiylar tomonidan o’qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo’lgan, 1009 kishi jarohatlangan va 650 xonadonga o’t qo’yilib, vayron qilingan.
Farg’ona fojialariga taalluqli ma’lumotlarning tahlili shuni ko’rsatadiki, mesxeti turklari uchun bu mojaro mustabid tuzum aybi bilan urush davrida majburan tashlab chiqilgan ona vatanlariga qaytib borishlari uchun bahona sifatida kerak bo’lgan. Mahalliy aholi esa bu mojaroga tabiiy ravishda qo’shilib ketgan. Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma’muriy organlar mesxeti turklarini Farg’onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga Shoshilinch ko’chiriladi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo’lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg’ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko’chirib olib borib joylashtirildi.
Farg’onada uyushtirilgan siyosiy ig’vogarlik Tbilisi, Tog’li Qorabog’, Bokuda tashkil etilgan ig’vogarliklardan biri edi. Keyinchalik 1990 yil fevral-mart oylarida Bo’ka va Parkent, 1990 yil iyunda O’sh va O’zganda ham Shunday urinishlar bo’ldi. Yovuz kuchlar o’z maqsadiga erisha olmadilar. O’zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko’rilgan Chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq ittifoqdagi o’zgarishlar hamda yuzaga kelgan vaziyat o’zbek xalqining mustaqillik uchun bo’lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Bu o’rinda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1989 yil 23 iyundagi plenumi va unda Islom Karimovning birinchi kotib etib saylanishi juda katta ahamiyat kasb etdi. Ushbu anjumanda I. Karimov O’zbekistonning sobiq Ittifoqda tutgan o’rni va rolini aniq-ravshan belgilab berdi, madaniy merosni va tarix haqiqatini tiklash, milliy urf-odatlar va an’analarni rivojlantirish obyektiv zarurat ekanligini isbotladi.
O’zbek tili-davlat tili. Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko’tarilgan edi. O’zbekistonning sobiq rahbariyati bu masalaga avvallari millatchilik, mahalliychilik deb qarardi, keyinchalik o’zbek va rus tilini teng mavqega ko’tarishga urindi, shu yo’sinda ikki tillik haqidagi qonun loyihasini o’tkazishga harakat qilgan edi. Respublika yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish yo’lini tanladi.
O’zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989-yil 21-oktabrda bo’lgan XI-sesiyasida «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda O’zbekistonning davlat tili o’zbek tilidir, o’zbek tili Respublikaning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to’liq amal qiladi, deb belgilab qo’yildi.
1990-yil 19-fevralda «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan mehnat jamoalari, o’quv yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan o’zbek tiliga o’tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi Respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo’lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo’ldi1.
Ayni vaqtda rus tilini va respublikada yashovchi boshqa xalqlarning tillarini o’rganish uchun shart-sharoitlar yaratilishi lozim edi, tilni o’rganishning ixtiyoriyligi va uni tanlash huquqi qonunda belgilab qo’yildi. Bu qonunning qabul qilinishi o’zbek xalqi, shu xalq milliy o’z-o’zini anglashining o’sishi, respublikada millatlararo hamjihatlikning saqlanib qolishi uchun juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Davlat tili haqidagi qonun qabul qilinganidan so’ng milliy o’zlikni anglash, milliy davlatchilikni tiklash yo’lida respublikada yana bir tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan muhim siyosiy qadam qo’yildi.
1990-yil 18-fevralda O’zbekiston Oliy Sovetiga saylov bo’ldi. Bu saylovlarning yangiligi shundan iborat bo’ldiki, 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil nomzodlar ko’rsatildi. Oldingi saylovlarda barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100 foiz ovoz bilan saylangan bo’lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur ovozlarni to’play oldi. Qolgan 132 okrugda qayta saylovlar bo’lib o’tdi.
1990 yil 23 martda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Plenumida respublika siyosiy tizimi to’g’risidagi masala ko’rib chiqildi. Unda O’zbekistonda hokimiyatning Prezidentlik boshqaruvi shakliga o’tishi respublika suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi bosqich ekanligi ta’kidlandi.
1990 yil 24 mart kuni O’zbekiston SSR Oliy Sovetining XII chaqiriq 1-sessiyasi SSSR doirasida birinchi bo’lgan siyosiy hujjatni – «O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi ta’sis etish to’g’risida»gi qarorni qabul qildi va O’zbekiston Kompartiyasi MK birinchi kotibi Islom Abdug’aniyevich Karimov O’zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. Shu tariqa, O’zbekiston SSSR respublikalari ichida birinchi bo’lib o’zining milliy huquqiy va demokratik davlatiga mustahkam zamin yaratdi.
Mustaqillik deklartsiyasi. O’zbekistonning mustaqillikka erishishida qo’yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri bu-1990 yil 20 iyunda respublika Oliy Soveti tomonidan «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi edi.
D eklaratsiyada har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O’zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi2
1991 yil iyul oyining oxirlarida Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil-kesil tayorlash uchun Markaz vakillari va Respublika rahbarlarining uchrashuvi bo’ldi. Markazni ham, Respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to’g’risida shartnoma» loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bo’lgani holda «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to’g’risidagi shartnoma»ni imzolash 1991 yil 20 avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M.S. Gorbachev Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo’nab ketdi.
Biroq ittifoqning kompartiya va markaziy davlat apparatidagi bir necha nufuzli rahbarlar markazning yakka hokimligini cheklaydigan va kamida olti respublikani Ittifoqdan chetda qoldiradigan bu shartnomaga qo’shila olmadi. Bu rahbarlar oliy hokimiyat mahkamalaridagi asosiy lavozimlarni egallab turar edi. Prezident M. Gorbachev dam olishga ketganidan foydalanib, ular 1991 yil 18 avgust kuni tayyorlangan va 19 avgustda matbuotda e’lon qilingan «Sovet rahbariyatining Bayonoti»da M.S. Gorbachevning salomatligi yomonlashdi, shu sababli uning SSSR Prezidenti vazifalarini ijro etish imkoniyati yo’q, degan soxta axborot bilan chiqdilar. Bayonotda Prezident vakolatlari vitse-prezident G.I. Yanayevga o’tkazilganligi e’lon qilindi.
Shu tariqa, fitnachilar M.S.Gorbachyovni noqonuniy yo’l bilan hokimiyatdan chetlashtirib, o’zlari hokimiyatni egallab oldilar. Aslida esa Prezident M.S. Gorbachyov sog’-salomat edi, ammo o’zini himoya qila olmadi. Fitnachilar noqonuniy ravishda uni o’z vazifasidan chetlashtirdi va mamlakatdan, xalqdan, dunyodan ajratib, barcha aloqa vositalarini uzib, 72 soat qamal qilib qo’ygan edi. Fitnachilar tomonidan mamlakatni idora qilish uchun SSSRda Favqulodda holat davlat qo’mitasi (GKCHP) tuzildi. Favqulodda holat davlat qo’mitasi (FHDQ) tarkibida O.D. Baklanov SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o’rinbosari, V.A. Kryuchkov SSSR Davlat xavfsizligi qo’mitasining raisi, V.S. Pavlov SSSR Bosh vaziri, B.K. Pugo SSSR ichki ishlar vaziri, D.T. Yazov SSSR mudofaa vaziri, V.A. Starodubsev SSSR dehqonlar uyushmasi raisi, I.Tizyakov SSSR sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari hamda inshoatlari uyushmasining prezidenti lavozimlarini egallashdi.
1991 yil 18 avgustda mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi. Favqulodda holat davlat qo’mitasi faoliyatiga qarshi B.N. Yeltsin boshchilik qildi. Uning farmoni bilan 1991 yil 22 avgustda KPSS faoliyati to’xtatiladi, keyinchalik taqiqlab qo’yiladi. Ammo KPSS Markaziy Qo’mitasi joylardagi partiya qo’mitalaridan to’ntarishni qo’llab-quvvatlashni talab qildi.
Moskva va boshqa bir necha yirik shahar ko’chalariga qo’shinlar, shu jumladan tanklar kiritildi, deyarli barcha markaziy gazetalar ta’qiqlab qo’yildi, markaziy televideniyaning birinchi kanalidan boshqa barcha kanallari, deyarli barcha radiostansiyalar ishi to’xtatildi.
O’zbekiston Prezidentining 1991 yil 25 avgustdagi Farmoniga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo’mitasi qonuniy ravishda O’zbekiston tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo’shinlari bevosita O’zbekiston Prezidentiga bo’ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo’mitasi, prokuraturasi, adliya organlari, ichki qo’shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo’shilmalari partiyadan butunlay xoli qilindi.
S hunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro’yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat-O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasining aholisi mustaqillik e’lon qilingan paytda 21,5 mln. kishini tashkil etardi. 2016-yilga kelib aholi soni 31 mln. dan ortdi.
Mustaqillik to’g’risida referendum. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil noyabrida bo’lgan VIII sessiyasi Davlat mustaqilligi masalasi bo’yicha referendum o’tkazish xaqidagi masalani ko’rib chiqdi.
Oliy Kengashning mazkur sessiyasida 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuni O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risida referendum hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazish to’g’risida qarorlar qabul qilindi. Referendumda ovoz berish byulleteniga masala quyidagi ta’rifda kiritildi: «O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?». Shuningdek, «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida» Qonun qabul qilindi.
1991-yil 29-dekabr kuni umumxalq referendumi bo’lib o’tdi. Referendumda 9.898707 kishi yoki saylov ro’yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizi O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini ma’qullaymiz, deb ovoz berdi.
2. 1991-yil 29-dekabr kuni muqobillik asosida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ham bo’lib o’tdi. Prezidentlikka nomzod Islom Abdug’aniyevich Karimov uchun 8.514136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlarini ko’rib chiqib, I.A.Karimovni 1991-yil 29-dekabrdan O’zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimiga saylangan, deb xisoblashga qaror qildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil yanvarda bo’lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida Prezident Islom Karimov qasamyod qildi: «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajarishga kirishar ekanman, respublikamiz xalqlariga sadoqat bilan xizmat qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat’iy rioya etishga, zimmamga yuklangan yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman». Islom Karimov O’zbekiston Respublikasining umumxalq tomonidan saylangan birinchi Prezidentidir.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov–1938-yil 30-yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli, O‘rta Osiyo politexnika va Toshkent xalq xo‘jaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega. Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xojaligi mashinasozligi zavodida boshlagan.
1960-yildan 1966-yilgacha V.P. Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo‘lib ishladi.
1966-yilda O’zbekiston SSR davlat reja komitetiga ishga o‘tib, bosh mutaxassislikdan Respublika davlat reja komiteti raisining birinchi o ‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.
1983-yilda I. Karimov O’zbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yilda
1990-yil 24-mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I. Karimov O’zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.
1991-yil31-avgust kuni I. Karimov tarixiy voqea-O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi.
1991-yil 29-dekabridan muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida I. Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
1995-yil 26-martida bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko‘ra I. Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi.
2000-yil 9-yanvarda bo‘lib o‘tgan saylovda I. Karimov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi.
2002-yil 27-yanvarda bo‘lib o‘tgan referendumda uning prezidentlik vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi.
Konstitutsiya — davlatning asosiy qonuni bo`lib, buyuk kelajakning huquqiy kafolatidir. Yangi Konstitutsiyani tayyorlash g`oyasi 1990 yilning mart oyida ilgari surila boshlandi. Ko`p o`tmay, iyun oyida Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida I.A.Karimov boshchiligida Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Komissiya mustaqillikning huquqiy asoslarini ishlab chiqish jarayonida xalqaro huquq qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkiloti hujjatlariga Butunjahon inson huquqlari Deklaratsiyasiga tayandi. Shu bilan birga boy tariximizdagi davlat boshqaruvi va odatli qonunshunoslik an`analari ham chuqur o`rganildi.1992 yil 8 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida Mustaqillik Konstitutsiyasi qabul qilindi. Uning mohiyati Asosiy qoidalar bo`limida bayon etilgan. Bu qoidalar: davlat suvereniteti: Xalq hokimiyati: Fuqarolar huquq va erkinliklirni ta`minlash: qonuniylik: hokimiyatni ajratish: mahalliy o`z-o`zini boshqarish: sud tizimi va odil sudlovni tashkil qilish va boshqalardan iborat. Konstitutsiya, 6 bo`lim, 26 bob va 128 moddadan iborat. Mustaqil O`zbekiston Konstitutsiyasi fuqorolarning inson huquqlari demokratik partiyasi bo’lib, insonparvar huquqiy davlat shakllantirishning stategik dasturidir. Uning qabul qilinishi g`oyat katta siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo’ldi. Mustaqilik Konstitutsiyasi barcha qonunlarining va boshqa davlat va jamoat tashkilotlarini huquqiy xujjatlarining asosi bo’lib xizmat qiladi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda 2300 jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlari faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan eng kattalari — O`zbekiston yoshlarining Kamolot jamoatchilik harakati, O`zbekiston Nuroniy jamg`armasi va boshqalardir.O`zbekiston Respublikasi 120 dan ortiq millatlar va elatlarni birlashtirgan ko’p millatli davlat. Respublikada yashovchi har bir fuqaro millati, kelib chiqishi, dini va irqidan qat`i nazar teng huquq va imkoniyatlarga ega. Aynan mana shu tamoyil milliy siyosatimizning asosini tashkil etadi. Respublikada 80 ta milliy madaniy markazlar tashkil etilgan. Bularning faoliyatini 1993 yilning yanvaridan buyon madaniy markaz boshqarib boradi. Respublikamizda millatlararo munosabatlarda barqarorlikka erishilgan. Bu O`zbekistonda demokratik jamiyat qurishning garovidir.
Dostları ilə paylaş: |