Axborot texnologiyalari fanidan atamalar. Lingafon kabineti- (lot. Lingua- til va yun. Phone-tovush, nutq) – tovush texnikasi, proyeksion va kinoproyeksion apparatlar bilan jihozlangan maxsus auditoriya (sinf).
Amaliy jarayon- foydalanuvchi topshirig’i bo’yichabajariladigan axborotni qayta ishlash jarayoni.
Axborot resurslari- ilmiy nazariya, jarayon va hodisalarni o’rganish borasidagi tadqiqotlar, kashfiyot, bino va moslamalar loyihalari, jamiyat va tabiat haqidagi xabarlarga asoslangan davlatning ma’naviy potensiali.
Axborotni siqish (arxivlash)- ma’lum hajmdagi axborotni saqlash uchun undagi bitlar sonini kamaytirish jarayoni.
Multimediya(multi-ko’p, media-vosita)- axborotni akslantirishda ko’plab axboriy vositalar(ovoz, rasm, fotografiya, musiqava boshqalar) dan foydalanish.
Axboriy madaniyat- insonni barcha axborot texnologiyalaridan kerakli tarzda foydalana olish.
Ma’lumotlar ombori- qaralayotgan sohadagiobyektlar holatini va ular o’rtasidagi munosabatlarni aniqlovchi nomlangan ma’lumotlar majmuidir. Relyasimon , shajarasimon va to’rsimon tuzilishidagi ma’lumotlar ombori farqlanadi.
Mikroprosessor- kompyuterning “miyasi” . Unga tushadigan buyruqlarni bajaradi va boshqa qurilmalar ishini boshqaradi.
Operativ xotira- har bir baytni saqlashga mo’ljallangan elekron uyachalar majmui. Bu uyachalar 0,1,2…..35000,35001,.. sonlar bilan tartiblanadi. Uyachaning tartib soni unga shu paytda yozilgan baytning adressi deyiladi.
Axborotni boshqarish tili- xabarlarni izlash, ularni qayta ishlash va axboriy bazaga kirish bilan bog’liq amallarni aniqlashga mo’ljallangan axborot izlash tili.