I-Bob. Simsiz tarmoqlarni o’rganish
1.1. SIMSIZ LOKAL TARMOQ TEXNOLOGIYALARI: O’TMISH VA
KELAJAK
Axborot uzatishning simsiz texnologiyalari tarixi XIX asrning oxiriga kelib birinchi
radiosignal uzatilishi bilan boshlangan va XX asrning 20-yillarida
amplituda
modulyatsiyali radio qabul qilgichlar paydo bo’lishi bu texnologiyalarni rivojlanish
jarayonlariga katta ta’sir ko’rsatdi. 1970-yillarga kelib tovushni radioto’lqinlar orqali
uzatuvchi birinchi simsiz radiotelefonlar yaratildi. Dastlab
bular analog tarmoqlarda
ishlagan bo’lsa, 80-yillar boshida raqamli standartlarga o’tish boshlanganligini
anglatuvchi, spektrni yaxshi taqsimlashini, eng yaxshi sifatli
signalni va eng yaxshi
xavfsizlikni ta’minlovchi GSM standarti ishlab chiqildi. XX asrning 90-yillarida simsiz
tarmoqlar holatini mustahkamlash jarayonlari yuz berishi, bu texnologiyalarni jadallik
bilan rivojlanishiga olib keldi. Bugungi kunda simsiz
texnologiyalar kundalik
hayotimizga mustahkam joylashib bormoqda, yuqori tezlikni ta’minlash bilan birga ular
yangi qurilma va xizmatlarni taqdim etmoqda.
Yangi CDMA (Code Division Multiple Access - kanallarni kodli taqsimlash
texnologiyasi), GSM (Global Systems for Mobile Communications- mobil aloqa
tarmoqlarining global tizimi), TDMA (Time Division Multiple
Access-kanallarni vaqt
orqali taqsimlash texnologiyasi), 802.11, WAP (Wireless Application Protocol-simsiz
texnologiyalar protokoli), 3G va 4G (uchinchi va to’rtinchi avlod texnologiyalari), GPRS
(General Packet Radio Service, ma’lumotlarni paketlab uzatish xizmati), Bluetooth (o’rta
va qisqa masofa tarmog’i), EDGE (Enhanced Data Rates for GSM Evolution,
takomillashtirilgan GSM tarmoq) va shu kabi texnologiyalarning xilma-xilligi bu sohada
tub burilish boshlanayotganini anglatib turibdi.
Simsiz lokal tarmoqlar (WLAN) hamda o’rta va qisqa masofa tarmoq (Bluetooth)
larning rivojlanishi juda istiqbollidir. Simsiz lokal tarmoqlar aeroportlar, universitet va
institutlar,
mehmonxonalar, restoranlar, korxona va tashkilotlar tarmoqlarida ko’plab
qo’llanilmoqda. Simsiz tarmoqlarni standartlarini ishlab chiqish 1990 yilda butunjahon
IEEE (Elektr va elektronika bo’yicha muhandislar instituti) tashkiloti tomonidan 802.11
komiteti tashkil etilishi bilan boshlangan. Butunjahon o’rgimchak to’ri va bu tarmoqda
simsiz qurilmalar yordamida ishlash g’oyasi simsiz texnologiyalarning rivojlanish
jarayonlariga muhim turtki vazifasini o’tadi. 90-yillar oxiriga kelib foydalanuvchilarga
WAP- xizmati taqdim etildi. Shuni ta’kidlash kerakki boshida bu xizmat ko’pchilikda
uncha qiziqish uyg’onmadi.
WAP-xizmati asosiy axborot xizmatlari sifatida - yangiliklar, ob-qavo, kundalik va
boshqa xizmatlar to’plamini taqdim etgan edi.
Shuningdek, Bluetooth va WLAN dan
ham ushbu aloqa vositalarining qiymati yuqoriligi bois juda kam miqdorda
foydalanishgan. Lekin narxlarning tushishi ushbu vositalarga bo’lgan talab va qiziqishni
ortishiga sabab bo’ldi. XXI asrning dastlabki o’n yilligi o’rtalariga kelib simsiz Internet-
servisi foydalanuvchilarining soni bir necha o’n millionga etdi.
Simsiz Internet-
aloqasining paydo bo’lishi bilan birinchi o’rinda uning xavfsizligini ta’minlash
masalalari ko’tarildi.