1 . Wi-MAX baza stansiyasi (yuqori qavatli binolar yohud maxsus ustinga o’rnatilishi
mumkin).
2. Wi-MAX qabul qilgich (qabul qilgichli antenna, PC card yoki tashqi kartalar form
faktori asosida).
Baza stansiyasi va qabul qiluvchi abonent antennasi bog’lanishi uchun o’ta
yuqori
chastota diapazonidan(O’YuCh) foydalaniladi. 2-11 GHz. Bu bog’lanish
agar ideal
darajada bo’lsa, unda ma’lumot uzatish tezligi 20 Mbit/s gacha bo’ladi. Bu bog’lanish
abonent va server orasida to’g’ridan-to’g’ri ko’rinish talab etmaydi. Shuni yodda tutish
lozimki, Wi-MAX texnologiyasi nafaqat «oxirgi nuqta» («so’nggi mil»), balki regional
tarmoqlar (ofis hamda rayonlar)ni bir biri bilan bog’lashda bemalol qo’llash mumkin.
Q o’shni baza stansiyalari bilan O’YCh (o’ta yuqori chastota 10-66 GHz) to’g’ridan-
to’g’ri radioaloqa rejimida doimiy bog’lanish o’rnatiladi. Bunday bog’lanishlar 120 Mb/s
tezlikda ma’lumot almashish imkonini beradi. Albatta baza stansiyalarining to’g’ridan
to’g’ri ko’rish orqaligina bir biri bilan ma’lumot almashinishi bu Wi-MAX ning minus
tomoni. Lekin yuqori qavatli binolarda joy olgan baza stansiyalariga nima ham yuqorida
bir-biri bilan bog’lanishga orada to’siq bo’la olardi.
3-rasm. Wi-MAX stansiyalararo aloqa tarmog’i
Dostları ilə paylaş: