2. Ma’ruza. Tarmoqdagi axborotga bo’ladigan na`munaviy hujumlar.
Axborot xavfsizligi modellari
Bo’lishi mumkin bo’lgan tahdidlarni oldini olish uchun nafaqat operatsion
tizimlarni, dasturiy ta’minotni himoyalash va foydalanishni nazorat qilish, balki
buzuvchilar turkumini va ular foydalanadigan usullarni aniqlash lozim.
Sabablar, maqsadlar va usullarga bog’liq holda axborot xavfsizligini
buzuvchilarni to’rtta kategoriyaga ajratish mumkin:
- sarguzasht qidiruvchilar;
- g’oyaviy xakerlar;
- xakerlar-professionallar;
- ishonchsiz xodimlar.
Sarguzasht qidiruvchi, odatda, yosh, ko’pincha talaba yoki yuqori sinf o’quvchisi
va unda o’ylab qilingan xujum rejasi kamdan-kam bo’ladi. U nishonini tasodifan
tanlaydi, qiyinchiliklarga duch kelsa chekinadi. Xavfsizlik tizimida nuqsonli joyni
topib, u maxfiy axborotni yig’ishga tirishadi, ammo hech qachon uni yashirincha
o’zgartirishga urinmaydi. Bunday sarguzasht qidiruvchi muvaffaqiyatlarini fakat yaqin
do’stlari-kasbdoshlari bilan o’rtoqlashadi.
G’oyali xaker — bu ham sarguzasht qiduruvchi, ammo mohirroq. U o’zining
e’tiqodi asosida muayyan nishonlarni (xostlar va resurslarni) tanlaydi. Uning yaxshi
ko’rgan xujum turi Web-serverning axborotini o’zgartirishi yoki, juda kam hollarda,
xujum qilinuvchi resurslar ishini blokirovka qilish. Sarguzasht qidiruvchilarga nisbatan
g’oyali xakerlar muvaffaqiyatlarini kengrok auditoriyada, odatda axborotni xaker Web-
uzelda yoki Usenet anjumanida joylashtirilgan holda e’lon qiladilar.
Xaker-proffesional harakatlarning aniq rejasiga ega va ma’lum resurslarni
mo’ljallaydi. Uning xujumlari yaxshi o’ylangan va odatda bir necha bosqichda amalga
oshiriladi. Avval u dastlabki axborotni yig’adi (operatsion tizim turi, taqdim etiladigan
servislar va qo’llaniladigan himoya choralari). So’ngra u yig’ilgan ma’lumotlarni
hisobga olgan holda xujum rejasini tuzadi va mos instrumentlarni tanlaydi (yoki hatto
ishlab chiqadi). Keyin, xujumni amalga oshirib, maxfiy axborotni oladi va nihoyat
harakatlarining barcha izlarini yo’q qiladi. Bunday xujum qiluvchi professional, odatda
yaxshi moliyalanadi va yakka yoki professionallar komandasida ishlashi mumkin.
Ishonchsiz xodim o’zining harakatlari bilan sanoat josusi yetkazadigan
muammoga teng (undan ham ko’p bo’lishi mumkin) muammoni to’g’diradi. Buning
ustiga uning borligini aniqlash murakkabroq. Undan tashqari unga tarmoqning tashqi
himoyasini emas, balki faqat, odatda unchalik katiy bo’lmagan tarmoqning ichki
himoyasini bartaraf qilishiga to’g’ri keladi. Ammo, bu holda uning korporativ
ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanishi xavfi boshqa har qanday niyati buzuq
odamnikidan yuqori bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan axborot xavfsizligini buzuvchilar kategoriyalarini ularni
malakalari bo’yicha guruhlash mumkin: xavaskor (sarguzasht qidiruvchi), mutaxassis
(g’oyali xaker, ishonchsiz xodim), professional (xaker-professional). Agar bu guruhlar
bilan xavfsizlikning buzilishi sabablari va har bir guruhning texnik qurollanganligi
- 13 -
taqqoslansa, axborot xavfsizligini buzuvchining umumlashtirilgan modelini olish
mumkin.
Axborot xavfsizligini buzuvchi, odatda ma’lum malakali mutaxassis bo’lgan
holda kompyuter tizimlari va tarmoqlari xususan, ularni himoyalash vositalari xususida
barcha narsalarni bilishga urinadi. Shu sababli buzuvchi modeli quyidagilarni aniqlaydi:
buzuvchi bo’lishi mumkin bo’lgan shaxslar kategoriyasi;
buzuvchining bo’lishi mumkin bo’lgan nishonlari va ularning muhimlik va
xavfsizlik darajasi bo’yicha rutbalanishi;
uning malakasi xususidagi taxminlar; uning texnik qurollanganligining baxosi;
uning harakat harakteri bo’yicha cheklashlar va taxminlar.
Tizimdan ruxsatsiz foydalanishga majbur etish sabablarining diapazoni yetarlicha
keng: kompyuter bilan o’ynaganidagi xayajon ko’tarinkiligidan to jirkanch menedjer
ustidan xokimlik xissiyotigacha. Bu bilan nafaqat ko’ngil ochishni xoxlovchi
xavaskorlar, balki professional dasturchilar ham shug’ullanadi. Ular parolni tanlash,
faraz qilish natijasida yoki boshqa xakerlar bilan almashish yo’li orqali qo’lga
kiritadilar. Ularning bir qismi nafaqat fayllarni ko’rib chiqadi, balki fayllarning
mazmuni bilan qiziqa boshlaydi. Bu jiddiy tahdid hisoblanadi, chunki bu holda beozor
shuxlikni yomon niyat bilan qilingan harakatdan ajratish qiyin bo’ladi.
Yaqin vaqtgacha rahbarlardan norozi xizmatchilarning o’z mavqelarini
suiiste’mol qilgan holda tizimni buzishlari, undan begonalarning foydalanishlariga yo’l
o’yishlari yoki tizimni ish holatida qarovsiz qoldirishlari tashvishlantirar edi. Bunday
harakatlarga majbur etish sabablari quyidagilar:
- xayfsanga yoki rahbar tomonidan tanbehga reaktsiya;
- ish vaqtidan tashqari bajarilgan ishga firma haq to’lamaganidan norozilik;
- firmani qandaydir yangi tuzilayotgan firmaga raqib sifatida zaiflashtirish
maqsadida qasos olish kabi yomon niyat.
Raxbardan norozi xodim jamoa foydalanuvchi hisoblash tizimlariga eng katta
tahdidlardan birini tug’diradi. SHuning uchun ham xakerlar bilan kurashish agentligi
individual kompyuter sohiblariga jon deb xizmat ko’rsatadilar.
- 14 -
Professional xakerlar-hisoblash texnikasini va aloka tizimini juda yaxshi
biladigan kompyuter fanatlari (mutaassiblari) hisoblanadi. Tizimga kirish uchun
professionallar omadga va farazga tayanmaydilar va qandaydir tartibni va tajribani
ishlatadilar. Ularning maksadi-himoyani aniqlash va yo’qotish, hisoblash kurilmasining
imkoniyatlarini o’rganish va maqsadiga erishish mumkinligi to’g’risida qarorga kelish.
Bunday professional xakerlar kategoriyasiga quyidagi shaxslar kiradi:
- siyosiy maqsadni ko’zlovchi jinoiy guruhlarga kiruvchilar;
- sanoat josuslik maqsadlarida axborotni olishga urinuvchilar;
- tekin daromadga intiluvchi xakerlar guruhi.
Umuman professional xakerlar xavf-xatarni minimallashtirishga urinadilar.
Buning uchun ular birga ishlashga firmada ishlaydigan yoki firmadan yaqinda ishdan
bo’shatilgan xodimlarni jalb etadilar, chunki begona uchun bank tizimiga kirishda
oshkor bo’lish xavfi juda katta. Xaqiqatan, bank hisoblash tizimlarining murakkabligi
va yuqori tezkorligi, xujjatlarni yurgizish va tekshirish usullarining muntazam
takomillashtirilishi begona shaxs uchun xabarlarni ushlab kolish yoki ma’lumotlarni
o’g’irlash maqsadida tizimga o’rnashishiga imkon bermaydi. Professional xakerlar
uchun yana bir qo’shimcha xavotir-tizimdagi bir komponentning o’zgarishi boshqa bir
komponentning buzilishiga olib kelishi va xatardan darak beruvchi signalga sabab
bo’lishi mumkin.
Xakerlar xavf-xatarni kamaytirish maqsadida odatda moliyaviy va oilaviy
muammolarga ega bo’lgan xodimlar bilan kontaktga kiradilar. Ko’pgina odamlar
hayotida xakerlar bilan to’qnashmasliklari mumkin, ammo alkagolga yoki qimorga ruju
qo’ygan xodimlar bilmasdan jinoiy guruh bi lan bog’langan qandaydir bir bukmekerdan
qarzdor bo’lib qolishlari mumkin. Bunday xodim qandaydir o’yin-kulgi kechasida
suhbatdoshining professional agent ekanligiga shubha qilmagan holda ortiqcha gapirib
yuborishi mumkin.
- 15 -
Dostları ilə paylaş: |