switch operatorining qo`llanilishi. switch operatorining qo`llanilish sintaksisi quyidagicha:
switch(ifoda) { case 1-qiymat: ifoda;case2-qiymat:ifoda; …
case n-qiymat: ifoda;default :ifoda; } switch operatori orqali dasturning tarmoqlanishi bir necha mumkin bo`lgan qiymatlarni qaytaruvchi ifodaning natijasi asosida tashkil etiladi. switchoperatoridagi qavs ichida berilgan ifodaning qaytargan qiymati case operatoridan keyinda ko`rsatilgan qiymat bilan solishtiriladi. Ifodaning qiymati bilan caseoperatoridan keyingi qiymat mos kelsa tanlangan case operatoridan keyingi barcha satrlar bajariladi. Bunda amallarni bajarilishi break operatorigacha davom etadi.
Agarda case operatorlari qiymatidan birortasi ham qaytarilgan qiymatga mos kelmasa default operatoridan keyingi dastur satrlari bajariladi. Agarda bu operator mavjud bo`lmasa boshqaruv switchbloki tanasidan chiqadi va keyingi dastur satrlariga beriladi.
misol.
switch(choice) { case 0: cout<< “zero!”<< endl;break; case 1: cout<< “one!”<< endl;break; case 2: cout<< “two! <break; default: cout<<“default!< } misol
switch(choice) { case 0: case1: case2: cout< “Less than 3!”<< endl;break; case 3: cout<< Equals 3!” << endl;break; default: cout<<Greaterthan3 !” <<endl; } Operator yoki ifodalardan keyin breakoperatori qo`llanilmasa joriy caseoperatoridan keyingi caseblokidagi barcha ifodalar bajariladi. Ko`p hollarda bunday holatda xatolik ro`y beradi. Shuning uchun, breakoperatorini tushirib qoldirsangiz bu amalni tavsiflovchi mos izohni yozishni unutmang.
Switch operatorining qo`llanilishi 6-misolda keltirilgan. 6 – misol. switch operatorining qo`llanilishi.
#include using namespace std; int main()
{ unsigned short int number;
cout<< “1 dan 5 gacha bo’lgan sonlarning birini
kiriting va Enter klavishini bosing: ”
cin>> number; switch (number)
{
case 0: cout << “Salom!”; break;
case 5: cout<< “Sardor \n”;
case 4: cout << “Mirshod \n” ; case 3: cout<< “Mironshoh \n”; case 2: cout << “Mirxon \n” case 1: cout << “Muhammad \n”;
break;
default: cout << “Hisobdan tashqari.\n”; break;
}
cout<< “\n\n”; return 0;
}
TAHLIL. Dastur oldin son kiritishni so`raydi. Keyin esa kiritilgan son switchoperatori orqali tekshiriladi. Agarda 0 kiritilgan bo`lsa unga muvofiq ravishda ekranga 9 – satrda yozilgan kichik son xabari chiqariladi. Va undan keyin yozilgan break operatori switch konstruktsiyasini bajarilishini yakunlaydi. Agarda 5 soni kiritilsa, boshqaruv 11 – satrga beriladi va unga muvofiq xabar chiqariladi. Undan keyingi toki breakkomandasigacha barcha satrlar ketma – ket bajariladi.