KIRISH
Bugungi kunda ishlab chiqarishning barcha sohalarida axborot texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Zamonaviy texnik tizimlaridagi barcha muhandislik muammolari yangi yondashuvni talab etadi. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari, Geometrik modellash dasturlari, tarmoqdagi ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqarish jarayonidagi va texnik tizimlardagi muammolarni yechishda samarali qo’llanilmoqda. Shuningdek, hozirda talabalarning yangi bilimlarni egallashida ta’lim jarayonida va mustaqil ta’limda axborot texnologiyalaridan unumli foydalana olishi va zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etishi talab qilinadi.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari tez rivojlanayotgan yo`nalish bo`lib, hozirda u qamrab olmagan biror sohani topish qiyin. Texnik boshqaruv tizimlarida va muhandislik masalalarini yechishda axborot texnologiyalarining o’rni katta. “Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fanini o’qitishdan maqsad zamonaviy axborotli fikrlash va ilmiy dunyoqarashni shakllantirilgan holda talabalarni kompyuter imkoniyatlaridan foydalanish, kompyuter bilan muloqot o`rnatish usullarini o’rgatish va unda turli masalalarni yecha olishga yo`naltirishdan iborat. Jumladan, yo`nalishlar sohalaridagi masalalarni yechishda, soha masalalarini loyihalashtirishda, tizimli tahlilda, tizim va kommunikatsiyani loyihalashda, muhandislik tahlilida, soha muhandislik ishlarini loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirishda, texnik tizimlarda ma’lumotlar almashish jarayonida zamonaviy dasturiy vositalardan va texnologiyalardan hamda Internet texnologiyalaridan mukammal foydalanish katta ahamiyatga ega.
O’quv qo’llanmada axborot kommunikatsiya texnologiyalari, algoritmlash va dasturlash, C++ dasturlash tili haqida ma`lumotlar, jumladan, C++ dasturlash tili va uning asosiy operatorlari, uning kiritish va chiqarish operatorlari, tarmoqlanish va takrorlanish operatorlari, massivlar bilan ishlash kabi ma`lumotlar berilgan. Bundan tashqari, matematik modellarni elektron jadvaldagi tadqiqoti, hamda MS
Excelda matematik modellashtirishning muayyan elementlari keltirilgan, shu bilan
va vazifalari.
birga matеmatikaning eng sodda, oddiy matеmatik ifodalarini hisoblash, bir va ikki o`lchamli grafiklar qurish, intеgral va limitlarni hisoblash, matritsalar ustida amallash bajarish, chiziqli va chiziqsiz tеnglamalarni yеchish, tеnglamalar sistemasini yеchish, diffеrеnsial tеnglamalarni chеgaraviy va boshlang`ich shartlar bilan yеchish, tajriba natijalarini tahlil qilishda intеrpolyatsiyalash, rеgrеssiya tеnglamalarini qurish va chiziqli dasturlash masalalarini yеchish, hamda masalalarning analitik yеchimlarini qurish kabi masalalarni yеchish protsеduralari kеltirilgan. Ularni yеchishda MathCAD dasturidan qanday foydalanish yo`llari haqida ham ma'lumot bеrilgan.
AXBOROTLASHGAN JAMIYAT HAQIDA TUSHUNCHA.
Dostları ilə paylaş: |