AXBOROT TEXNOLOGIYALARI, AXBOROTLI JARAYONLAR VA AXBOROTLASHGAN JAMIYAT HAQIDA TUSHUNCHA.
“Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fanining mohiyati, maqsadi va vazifalari.
“Informatika” atamasi XX asrning 60 yillarida birinchi marta Frantsiyada qo’llanilgan. U Information (axborot) hamda Automatigue (avtomatika) so’zlarining qo’shilmasidan hosil bo’lgan Informatique (informatika) deb olingan. Bu axborotga avtomatik ravishda ishlov berish fani degan ma’noni anglatadi. G’arbiy Evropaning ko’pchilik mamlakatlarida hamda AQSh va Kanadada informatika termini o’rniga uning sinonimi Computer science (kompyuter haqidagi fan) – tushunchasi qo’llaniladi. Informatika kompyuter texnikasining rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi, usiz mavjud bo’la olmaydi va o’z navbatida uning rivojiga, yangilanishiga o’z hissasini qo’shadi. Uning asosiy resursi – axborotdir. Informatika ko’p qirrali funksiyalarga ega bo’lgani uchun unga har xil ta’rif berilgan.
Informatika – ma’lumotlarni hosil qilish, saqlash, uzatish va qayta ishlashusullarinihisoblashtexnikasivositalariyordamidatizimlashtiruvchi,aloqadorliginio’rnatuvchivaularniboshqaruvchiinsonfaoliyatininganiqsohasidir. Informatika-ilmiyaxborotlarningstrukturavaumumiyxossalarini,shuningdek ularni yaratish, o’zgartirish, uzatish va ulardan inson faoliyatiningturli sohalaridafoydalanishqonuniyatlarinio’rganadiganfan. Informatika — bu axborotning nafaqat umumiy xususiyatlari, balki ungaavtomatlashtirilgan ishlov berishning uslublari, jarayonlari va texnik vositalarinio’rganuvchi fandir. Informatika-axborotlarhaqidagifanbo’lib,uningqaytaishlashdagitakomillashgan usulvavositalarinio’rgatadi. Informatika - axborotlarni kompyuter yordamida tasvirlash, saqlab turish,uzatish vaishlovberishusullarinio’rganadiganfandir. va vazifalari.
1973 yildan boshlab EHM tarixining yangi sahifasi, shaxsiy kompyuterlar sahifasi boshlandi va kompyuter so’zi ishlatila boshlandi. (Kompyuter inglizcha hisoblovchi demakdir).
Hozirgi kunda “Informatika” atamasi o’rniga ko’proq “Axborot texnologiyalari” (Information technology) atamasi ishlatilmoqda.
Texnologiyaso’zi grekchadan (techne) tarjima qilinganda san’at, mahorat, ko’nikma kabi ma’nolarni anglatadi.
Bu ma’lum bir jarayonga nisbatan qo’llanilgan. Jarayon deganda esa maqsadga erishishga yo’naltirilgan hatti harakatlar majmui tushunilgan. Ushbu jarayon kishi tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi.
Axborot texnologiyalari to’g’risida gap ketganda, qayta ishlashning materiali sifatida ham, mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu ob’ekt, jarayon yoki hodisa to’g’risidagi sifat jihatidan yangi ma’lumot bo’ladi. Texnologiya insonning axborot bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon bo’ladi.
Axborot texnologiyalari ko’pqirrali funksiyalarga ega bo’lib, u axborotlarga ishlov berishda kompyuterlardan foydalanish, hisoblash texnikalari va aloqa texnikalarini qamrab oladi. Unga ham har xil ta’rif berilgan, ya’ni:
Axborot texnologiyalari - axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlovberish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullarvajarayonlardir.(Qonun)1 .