Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə7/68
tarix07.01.2024
ölçüsü2,02 Mb.
#203361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68
M.20Nurullayev20-20Axborot20texnologiyalari20va20jarayonlarni20matematik20modellashtirish[1]

Axborot madaniyati va etikasi


Axborotlashgan jamiyatda inson axborot bilan ishlash bo’yicha ma’lum darajada kompyuter savodxonligi, axborot madaniyati va etikasiga ega bo’lishi zarur. Shu sababli hozirgi kunda axborotlashgan jamiyatda kompyuter savodxonligi, axborot madaniyati va etikasi atamasi ko’p ishlatilmoqda.
Kompyuter savodxonligi kompyuterda ishlash uchun zarur bilim va ko’nikmalarning eng kam to’plamini egallashdir.
Axborotlashgan jamiyatda barcha fuqarolar, tashkilotlar va davlatning axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun hamma sharoit yaratilgan bo’ladi. Mehnat qiluvchilarning ko’pchiligi yoki axborot ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan band bo’ladi yoki bu jarayonlarsiz ishlab chiqarish majburiyatlarini bajara olmaydigan bo’ladi. Bu shuni anglatadiki, bunday jamiyat fuqarolari axborot madaniyatiga ega bo’ladi. Ya’ni axborot bilan ishlashni, uni olish, qayta ishlash va uzatish uchun axborot tizimlari va texnologiyalaridan foydalanishni biladilar. Bu inson faoliyatining barcha jabhalariga oid boy bilimlar, ishonchli axborotlardan to’liq va o’z vaqtida foydalanishni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni joylarda tatbiq etishni anglatadi.
Axborot madaniyati - jamiyatning o’z ixtiyorida bo’lgan axborot resurslari va axborot kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanish qobiliyatidir.
Axborot madaniyati bu kompyuterlardan umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazariga muvofiq foydalanish etikasidir.
AXBOROTLASHGAN JAMIYAT HAQIDA TUSHUNCHA.
Axborot madaniyatida estetik xususiyat ham muhim hisoblanadi. Masalan, matnlarni ma’lum bir formatda tayyorlash, so’zlar orasida ortiqcha probellarning bo’lmasligi, bir xil abzatslarni ishlatish yoki ekran namoyishlarida ob’ektlarni o’z o’rniga muvofiq ravishda qo’ya olish va ranglardan foydalanish singarilar.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin