Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish


AKTni davlat boshqaruviga joriy etish



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə6/68
tarix07.01.2024
ölçüsü2,02 Mb.
#203361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
M.20Nurullayev20-20Axborot20texnologiyalari20va20jarayonlarni20matematik20modellashtirish[1]

AKTni davlat boshqaruviga joriy etish


    • Davlat xodimlarini kompyuter texnikasi bilan ta’minlash - 90 % (2010 yil boshida 88,5%);

    • Markaziy apparatlarda lokal tarmoqlarni yaratish - 98,3% yaratilgan (2010 yil boshida 90,2%);.

    • Xodimlarning kompyuterda ishlash ko’nikmalarini egallash darajasi - 68,3% (2010 yil boshida 65%);

    • Idora ichida qog’ozsiz hujjat almashish ulushi 53%ni tashkil qiladi (2010 yil boshida 52%);

    • “.uz” domeni zonasida ro’yxatga olish narxi 15 AQSh dollaridan milliy valyutaga – so’mga o’tkazilib qiymati 6 ming so’mga (35%ga) tushirildi;

    • 2010 yilda qo’shimcha 1,5 ming veb-sayt ro’yxatdan o’tib jami domen nomlari soni 11 mingtani tashkil etdi (o’sish 16%).



Axborotlashgan jamiyat


Mutaxassislar, guruhlar, yirik ishlab chiqarish korxonalari yoki muassasalarining faoliyati ko’p jihatdan ularning qay darajada zaruriy ma’lumot va
axborotlar bilan to’la ta’minlanganligiga, hamda ushbu ma’lumotlardan qay darajada samarali foydalana olayotganliklariga bog’liq bo’lib qolmoqda. Avvalo bir yechimga kelishdan, qaror qilishdan oldin ushbu masalaga (sohaga) aloqador bo’lgan juda ko’plab ma’lumotlarni to’plash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish zarur bo’ladi. Ba’zan bunday ma’lumotlar to’plami shu qadar ko’payib ketadiki, ularni qayta ishlash va tahlil qilishni maxsus texnik tizimlar yordamisiz amalga oshirib bo’lmay qoladi. Bundan tashqari, kundalik hayotda qabul qilish va qayta ishlash zarur bo’lgan axborotlar hajmi nihoyatda ortib borayotganligi sababli, ba’zan ularni qabul qilishga ham ulgurilmayapti. Axborot va ma’lumotlar hajmining bu qadar ko’payib ketishi, oqimining esa tezlashib borishini asosiy sabablaridan biri axborot texnika va texnologiyalarning rivojlanishi zamonaviy eng yangi texnologiyalarini qo’llash, ikkilamchi xomashyolardan oqilona foydalanish, energetik resurslarni tejamkorlik bilan ishlatish, inson mehnatini engillashtirish hisobiga oshirish bosqichiga kirganligidir. Bu esa, o’z navbatida, jamiyatni yuqori darajada axborotlashgan bo’lishini talab etadi.
Jamiyatni axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayonidir.2
Jamiyatni axborotlashtrish jarayoni quyidagi qator muammolarni hal etilishini talab etadi:

    1. Hisoblash texnika vositalarini jamiyat faoliyatining barcha tarmoqlariga tadbiq qilish.

    2. Jamiyat a’zolarini hisoblash texnikasi vositalaridan samarali foydalanishga o’rgatish.

    3. Jamiyat a’zolarining turli xil ehtiyojlarini qondirishda axborot resurslaridan to’la va samarali foydalanishlarini ta’minlash.

Jamiyatning axborotlashuvi atamasi D.Benk va E.Masudolar tomonidan ilk bor qo’llanilgan bo’lib, bugungi kunda axborotlashgan jamiyat nomini oldi.
2 O’zbekiston Respublikasining “Aхborotlashtirish to’g’risida” gi Qonuni. Toshkent shahri, 1993 yil 1 may
AXBOROTLASHGAN JAMIYAT HAQIDA TUSHUNCHA.
Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. Masalan yapon olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta’minlashga imkon beradi. Jamiyatni rivojlantirishda esa harakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bo’lmog’i lozim.
Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham o’zgaradi. Barcha harakatlar tovarlarni ishlab chiqarish va iste’mol etishga yo’naltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan axborotlashgan jamiyatida intellekt, bilimlar ishlab chiqariladi va iste’mol etiladiki, bu hol aqliy mehnat ulushining oshishiga olib keladi. Insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladi, bilimlarga ehtiyoj oshadi.
Axborotlashgan jamiyatining moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
Axborotlashgan jamiyat - jamiyatning ko’pchilik a’zolari axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir.
Axborotlashgan jamiyatga o’tishda kompyuter va telekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi.
Axborotlashgan jamiyat quyidagi jihatlarda namoyon bo’ladi:

    • texnik qurilmalardan foydalanish ko’nikmalariga ega bo’lish;

    • o’z faoliyatida kompyuter, axborot texnologiyalaridan foydalanish;

    • turli manbalardan axborotni olishni bilish va undan samarali foydalanish;

    • axborotni tahliliy qayta ishlash asoslarini egallash;

    • o’z faoliyatiga taalluqli axborotni bilish va u bilan ishlashni uddalash. Hozirgi paytda shu narsa ravshan bo’lib qolmoqdaki, u yoki bu mamlakat

XXI asrda munosib o’rin egallashi va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy
musobaqada teng qatnashishi uchun, o’z iqtisodiy tuzilishi, ustivorliklari, boyliklari, institutlarini qayta qurish va sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi kerak.
Axborotlashgan jamiyatning shakllanishi davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida jiddiy o’zgarishlarga olib kelmoqda. Hozirda axborot odamlar va jamiyat faravonligining eng muhim manbaasiga aylanmoqda, rivojlangan davlatlar iqtisodiyoti tarkibida axborot texnologiyalari industriyasi eng yirik sohani tashkil etadi.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin