Kompyuter etikasi bu - kompyuterlardan foydalanishni tartibga solish uchunbayonqilingantamoyillarto’plamidir. Kompyuteretikasidauchtafaktorko’ribchiqiladi:
Intellektualmulkhuquqi.
Maxfiylikmuammosi.
Kompyuterlarningjamiyatgata’siri.
Intellektualmulkhuquqi–masalan,egasiningruxsatisizdasturiyta’minotdan nusxaolish kabilarniqamraboladi. Maxfiylik muammosi – masalan, xakerlik, yoki boshqa noqonuniy tarzdainsonningshaxsiyma’lumotlarigamurojaatqilishkabilarniqamraboladi. Kompyuterlarning jamiyatga ta’siri – ishchi o’rinlarni yo’qotish, ijtimoiyzarbalar va boshqafaktorlarniqamraboladi. Internetdanfoydalanish–plagiat(egasiningruxsatisizko’chirmachilik)ning yanada ko’payib ketishiga olib keldi, ya’ni, boror bir insonning g’oyasi yokiishini olganholdao’ziniki qilib olishkuchayibketdi.
ALGORITMLASH VA DASTURLASH ASOSLARI.
Kompyuterda masalalarni yechish bosqichlari
Kompyuterda masalalarni yechish dasturlarini yaratish jarayonida nazariy va amaliy nuqtai nazardan algoritmlash, dasturlash va kompyuterlarni qo’llash bilan bog’liq bo’lgan bilimlar kerak bo’ladi. Bu yerda asosiy maqsad masalani qo’yish, masalaning yechish algoritmini tuzish, algoritmni mashina dasturi ko’rinishida amalga oshirish, dasturning to’g’riligini tekshirish (algoritmni samaradorligini ko’rsatish) va dasturni foydalanishga topshirishdan iborat. Bu jarayonlar dasturni to’liq yaratish tushunchasiga olib keladi va quyidagi bosqichlarni belgilaydi:
Masalaning qo’yilishi.
Modelni yaratish.
Algoritmni ishlab chiqish.
Algoritmni tahlil qilish va to’g’riligini tekshirish.
Dastur tuzish.
Dasturni ishga tushirish va tekshirish.
Dasturni foydalanishga topshirish.
Masalaningqo’yilishi.Masalani yechishdan oldin, uni berilishini aniq shakllantirib olish zarur. Bu jarayon to’g’ri savollarni aniqlash bo’lib, savollar quyidagicha bo’lishi mumkin:
Dastlabki berilgan masala shartlarida hamma iboralar tushunarlimi?
Nima berilgan?
Nimani topish kerak?
Yechimni qanday ta’riflash kerak?
Qaysi ma’lumotlar yetarli emas va hammasi kerakmi?
Qanaqa shartlar qabul qilingan?
Albatta, bulardan tashqari boshqa savollar ham tug’ilishi mumkin, yoki ayrim savollarni bir necha bor takror ishlatishga to’g’ri keladi.
Bu bosqichda masalaga tegishli barcha ma’lumotlar yig’iladi, o’rganib chiqiladi va tahlil qilinadi. So’ngra yechishning maqsadi, ya’ni masalani yechish
natijasida ayni nimani yoki nimalarni aniqlash zarurligi ko’rsatiladi hamda boshlang’ich ma’lumotlar yoki argumentlar hamda qiymatlari aniqlanishi kerak bo’lgan kattaliklar, ya’ni natijalar ajratiladi.
Modelni yaratish. Matematik model tashqi dunyoning hodisalar turkumini matematik belgilar yordamida taxminiy tavsiflashdir. Hodisani tavsiflash uchun uning muhim xususiyatlarini, qonuniyliklarini, ichki aloqalarini, ayrim xossalarning ahamiyatini aniqlash zarur. Eng muhim faktorlari aniqlanganda, ahamiyatlari kamroq bo’lganlarini hisobdan chiqarish mumkin. Umuman, modelni tanlash fandan ko’ra, ko’proq san’at ishi deb hisoblanadi. Yaxshi tuzilgan modellarni o’rganish modellashtirishda tajriba orttirishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Modelni yaratishda quyidagi savollarni aniqlash maqsadga muvofiq:
Masalani yechish uchun qaysi matematik uslub ko’proq mos keladi?
O’xshash masalaning yechimi bormi?
Masalaning barcha muhim ma’lumotlari matematik ob’yektlar orqali tavsiflanadimi?
Izlanayotgan natija biron bir matematik o’lchamga mos keladimi?
Modelning ob’yektlari orasidagi bog’lanishlar aniqlanganmi?
Tuzilgan model bilan ishlash qulaymi?
Bu yerda tekshirilayotgan ob’ektni matematik atamalarda tavsiflash, ya’ni uning matematik modelini qurish kerak. (Misol, S=ab formula to’g’ri to’rtburchakning yuzini hisoblaydi).
Algoritmniishlabchiqish.Masalaning matematik modeli yaratilgandan so’ng, yechish usulini izlash boshlanadi. Ayrim hollarda, masalaning qo’yilishidan keyin to’g’ridan-to’g’ri, masalani yechish usuliga ham o’tish kerak bo’ladi. Bunday masala oshkor ko’rinishdagi matematik model bilan ifodalanmasligi mumkin. Bu holda uni hal qilish usullari bayon qilinadi. Bu bosqichda masalani kompyuterdan foydalanib yechishning algoritmi tuziladi. Algoritm tuzish jarayoniga algoritmlashtirish deyiladi. Har bir algoritmni ishlab chiqish bevosita o’ziga xos yondashishni talab qilishiga qaramasdan, bu faoliyatni umumiy uslub va bosqichlari ham mavjud. Ba’zan dasturlarni tezroq tuzish uchun algoritmni
tuzmasdan, to’g’ridan to’g’ri dastur yaratishga kirishuvchilar ham bor. Bu sodda masalalar uchun o’rinli bo’lishi mumkin, ammo murakkab masalalar uchun bu xato uslub hisoblanadi. Chunki, aynan algoritmni ishlab chiqish bosqichida eng optimal va samarali yechim ishlab chiqiladi. Algoritm turli xil ko’rinishda yozilishi mumkin. Algoritm so’z, formula, jadval yoki blok-sxema ko’rinishlarida beriladi.
Algoritmnitahlilqilishvato’g’riliginitekshirish.Algoritmni tahlil qilishdan maqsad uning to’g’ri tuzilganligini aniqlashdir. To’g’ri deb shunday algoritmga aytiladiki, u masalaning qo’yilishida talab qilinadigan natijani har qanday ruxsat etilgan boshlang’ich ma’lumotlar bilan ham tez bera oladi. Bundan tashqari, algoritmning samaradorligi ham tahlil qilinadi, ya’ni u kam qadamlar bilan natijani tez bera olsin.
Dastur tuzish. Dastur tuzish deganda, kompyuter uchun dasturni yozish tushuniladi. Buning uchun quyidagi savollarga javob berish kerak:
Asosiy o’zgaruvchilarni aniqlash.
O’zgaruvchilarning turlarini aniqlash.
Nechta massiv yoki fayllar va ular qanday kattalikda kerak bo’ladi?
Bog’langan ro’yxatlardan foydalanish ma’nolimi?
Qanday dasturiy qismlar kerak bo’lishi mumkin (tayyor bo’lsa ham)?
Qaysi dasturlash tilini tanlash kerak?
Bu bosqichni - 3 bosqich natijasini kompyuter tiliga “tarjima” qilish deyish mumkin. Bu yerda oldingi bosqichda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinadi va lozim topilganda takomillashtiriladi. Ba’zi bir hollarda dasturlash tili imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda jiddiy o’zgartirishlar ham kiritish mumkin.
Dasturniishgatushirishvatekshirish.Dastur ko’rinishida yozilgan algoritmni kompyuter yordamida bajarilishi. Dasturda xatolik bo’lmasa, u natija olish bilan tugalanadi. Biz dasturni har bir qismini tekshiradigan kirituvchi ma’lumotlar to’plamini tanlashimiz kerak. Ushbu ma’lumotlarni dasturga kiritib, olingan natijani, qo’lda olingan natija bilan solishtirib ko’rish lozim. Odatda, dastur bergan natijalar ma’lum bo’lgan yoki qo’lda hisoblangan ma’lumotlar bilan taqqoslanadi, va ular to’g’riligi aniqlansa, dastur to’g’ri ishlaydi degan xulosaga
kelish mumkin. Ammo bu usul bilan foydalanuvchini hamma shubhalardan xalos qilib bo’lmaydi, ya’ni dastur ishlamaydigan hamma holatlarni hisobga olish qiyin.
Dasturnifoydalanishgatopshirish.Dasturda to’g’ri ishlasa va kutilgan natijani berayotgan bo’lsa, uni kelgusida foydalanishga topshiriladi.