Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə15/68
tarix07.01.2024
ölçüsü2,02 Mb.
#203361
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68
M.20Nurullayev20-20Axborot20texnologiyalari20va20jarayonlarni20matematik20modellashtirish[1]

Nazorat savollari:


  1. Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari deganda nimani tushunasiz?

  2. Algoritm deyilganda nima tushuniladi?

  3. Algoritmning qanday xossalarini bilasiz?

  4. Algoritmni ifodalashni qanday shakllarini bilasiz?

  5. Algoritmni blok sxema shaklida ifodalashni tavsiflang.

  6. Algoritmlarning turlarini tushuntiring.

  7. Chiziqli algoritmlar deyilganda nima tushuniladi?

  8. Tarmoqlanuvchi algoritmlar deyilganda nima tushuniladi?

  9. Tarmoqlanuvchi algoritmlarning to’liq shartli konstrukstiyani izohlang.

  10. Tarmoqlanuvchi algoritmlarning to’liq bo’lmagan shartli konstrukstiysi.

  11. Takrorlanuvchi algoritmlar deyilganda nima tushuniladi?

  12. Takrorlanuvchi algoritmlarning “toki” takrorlanish turini izohlang.

  13. Takrorlanuvchi algoritmlarning “gacha” takrorlanish turini izohlang.

  14. Algoritmlarqa qo’yiladigan talablar haqida tushuncha bering.

  15. Algoritm tushunchasi ta`riflari qanday talablarga javob berishi kerak.

  16. Dastur deganda nimani tushunasiz?

  17. Dasturlash tillari deganda nimani tushunasiz?

  18. Mashina kodi tili deganda nimani tushunasiz?

  19. Dasturlash tillari yaratilishi bo’yicha necha guruhga bo’linadi va ular haqida tushuncha bering.

  20. Translyator deganda nimani tushunasiz?

  21. Kompilyator deganda nimani tushunasiz?

  22. Interpretator deganda nimani tushunasiz?

  23. Bayt-kod deganda nimani tushunasiz?

C++ DASTURLASH TILI VA UNING ASOSIY OPERATORLARI.

C++ dasturlash tili.


C++ tili 1980 yilda B’yarn Straustrup tomonidan yaratilgan va u C tilining ancha kengaytirilgan, takomillashtirilgan hamda ob`ektga yo`naltirilgan shaklidir. Straustrup C++ tilini yaratishdan avval o`z oldiga ikki maqsadni qo`ydi. Birinchidan C++ tilida C tili standartining barcha imkoniyatlarini saqlab qolgan holda qo`shimchalar qo`shish, ikkinchidan tilga ob`ektga yo`naltirilgan dasturlashning tuzilmalarini kiritish. C++ tilining ham yuqori tezlikka ega ekanligi, ko`chiruvchanligi va tuzilmaliligi sababli ko`pchilik operatsion tizimlar, kompilyatorlar va kommunikatsiya tizimi dasturlari ushbu tilda tuzilgan hamda tuzilmoqda.
C# tili 1998 yilda MicroSoft kompaniyasi tomonidan yaratilgan va u C++ tilining ancha kengaytirilgan, takomillashtirilgan hamda platformalarga bog`liq bo`lmagan shaklidir.
C++ tilining alfaviti va xizmatchi so`zlari.
C++ dasturlash tilining alifbosi deb, shu tilda ma’lumotlami ifodalash va dastur ishlab chiqish jarayonida kompilyator tomonidan qabul qilishga ruxsat berilgan belgilar yoki maxsus belgilardan iborat zanjirlar to‘plamiga aytiladi. Bu alifbo ASCII (xalqaro belgilar va ulaming kodlari) jadvalining hamma belgilarini, ya’ni quyidagilami o‘z ichiga oladi:

  1. lotin alifbosining katta va kichik harflari (A, B, … Z, a, b, … z).

  2. 0 dan 9 gacha arab raqamlari.

  3. tagiga chizish belgisi ( _ ).

  4. bo‘sh joy belgisi.

  5. boshqaruvchi belgilar: ASCII jadvalidagi (1-ilovaga qarang) kodlari 0 dan 31 gacha bo‘lgan belgilar. Bu belgilar satr va konstantalarni ifodalashda qo'llanishi mumkin.

  6. turli ko‘rsatmalarni yozish uchun ishlatiladigan maxsus belgilar:

+ - * / = {} () [] . , @ # ' . . $ % A ! ? & \ < >

  1. asosiy bo‘lmagan belgilar (ASCII ni kengaytiruvchi, ya’ni kodi 128 dan 255 gacha bo‘lgan belgilar, rus alifbosining katta va kichik harflari, psevdografika

elementlari shu sinfga kiradi. Bu belgilar turli konstantalarni hosil qilish, matnlarni yozish, izohlarni tashkil qilishda qo‘llanishi mumkin).

  1. murakkab belgilar: < = > = : = . . * *.

  2. xizmatchi so‘zlar. Ular C++ dasturlash tilida ma’lum bir ma’no yoki ko‘rsatmani anglatuvchi maxsus belgilar zanjiridan iborat bo‘lib, bu zanjirni o‘zgartirish yoki qisqartirib qo‘llash mumkin emas. Shuningdek, ularni o`zgaruvchilar nomlari sifatida ishlatish mumkin emas.

C++ tilida quyidagi xizmatchi so`zlar mavjud:

  • Tiplar nomlari: char, short, int, unsigned, long, float, double.

  • Operatorlar nomlari: if, else, switch, case, while, do, for, default, break, continue, goto.

  • Xotira turlari: auto, register, static, extern.

  • Tiplar bilan ishlash: typedef, sizeof.

  • Struktura: struct, union.

  • Chiqish: return, entry.

C++ tilining xizmatchi so`zlari: asm, auto, break, case, catch, char, class, const, continue, default, delete, do, double, else, enum, explicit, extern, float, for, friend, goto, if, inline, int, long, mutable, new, operator, private, protected, public, register, return, short, signed, sizeof, static, struct, swith, template, this, throw, try, typedef, typename, union, unsigned, virtual, void, volatile, while.

  1. ko`rinmaydigan belgilar ("umumlashgan bo`shliq belgilari"). Leksemalarni o`zaro ajratish uchun ishlatiladigan belgilar (misol uchun bo`shliq, tabulyatsiya, yangi qatorga o`tish belgilari).

Eslatma. Agar dastur tarkibida yuqorida sanab o‘tilgan belgilardan boshqa belgi yoki xizmatchi bo‘lmagan so‘zlar uchrab qolsa, bu haqidagi maxsus axborot kompyuter ekraniga chiqariladi.
So’z - bo’sh belgiga ega bo’lmagan belgilar ketma-ketligidir. Xizmatchi so’z esa C++ tilida ma’lum bir buyruqni amalga oshirish ko’rsatmasini beruvchi so’zdir.
C++ tilida dasturni tavsiflash uchun izohlar ishlatiladi. Izohlarda, satrlarda va belgili konstantalarda boshqa literallar, masalan rus harflari ishlatilishi mumkin.
C++ tilida olti xil turdagi leksemalar ishlatiladi: erkin tanlanadigan va ishlatiladigan identifikatorlar, xizmatchi so`zlar, konstantalar (konstanta satrlar), amallar (amallar belgilari) va ajratuvchi belgilar.
Identifikator. Identifikatorlar lotin harflari, ostki chiziq belgisi va sonlar ketma-ketligidan iborat bo`ladi. Identifikator lotin harfidan yoki ostki chiziq belgisidan boshlanishi lozim.
Misol uchun:
A1, _MAX, adress_01, RIM, rim
Katta va kichik harflar farqlanadi, shuning uchun oxirgi ikki identifikator bir- biridan farq qiladi.
Borland kompilyatorlaridan foydalanilganda nomning birinchi 32 harfi, ba`zi kompilyatorlarda 8 ta harfni inobatga oladi. Bu holda NUMBER_OF_TEST va NUMBER_OF_ROOM identifikatorlari bir biridan farq qilmaydi.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin