Maxsus algoritmik tilda ifodalash. Bu algoritmlarni bir xil va aniq yozish hamda ularni bajarish uchun ishlatiladigan belgilashlar va qoidalar tizimidir.
Birinchidan algoritmik til oddiy tilga yaqin bo’lib, u oddiy matndek yozilishi va o’qilishi mumkin. Ikkinchidan, algoritmik til matematik simvollar: sonlar, kattaliklar va funkstiyalarning belgilari, amallar ishoralari, qavslar va boshqalarni o’z ichiga oladi. Algoritmik til o’z lug’atiga ega. Bu lug’atning asosini biror algoritm ijrochisining buyruqlari tizimiga kirgan buyruqlarni ifodalashda qo’llaniladigan so’zlar tashkil qiladi. Hozirgi kunda turli tuman algoritmik tillar mavjud. A. P. Yershov boshchiligida yaratilgan algoritmik tilda shaharlararo telefon-avtomatdan foydalanish ko’rsatmasini yozilishini ko’ramiz.
alg shaharlararo telefon-avtomatdan foydalanish
boshl trubkani oling
telefon jetonini tashlang uzluksiz signalni kuting kerakli shahar kodini tering abonent ovozini kuting “gaplashish” tugmasini bosing gaplashing
tam Dastur shaklida ifodalanishi. Millionlab kompyuterlarning keng tarqalishi algoritmlarning dastur tarzidagi tasvirining keng ommalashib ketishiga katta turtki berdi. Chunki, kompyuterlar doimo dasturlar yordamida boshqariladi.
Algoritmlarningturlari.Har qanday murakkab algoritm amalda uch xil strukturaning kombinastiyasidan iborat bo’ladi. Ular:
Chiziqlialgoritmlar.
Tarmoqlanuvchialgoritmlar.
Takrorlanuvchialgoritmlar.
Algoritmlarni asosiy turlaridan tashqari shartli ravishda yana quyidagi turlarga ajratish mumkin:
ichma-ichjoylashgantakrorlanishalgoritmlari.
rekurrentalgoritmlar.
takrorlanishlarsonioldindannoma’lumalgoritmlar.
ketma-ketyaqinlashuvchialgoritmlar.
Algoritmlarni shartli ravishda qo’shimcha turlarga ajratgan bo’lsakda, aslida ular yuqorida keltirilgan asosiy turlarning kombinastiyasidan tashkil topadi.
Ularning eng soddasi chiziqli algoritmlar bo’lib hisoblanadi.
Chiziqlialgoritmlar. Faqat ketma-ket bajariladigan amallardan tashkil topgan algoritmlarga-chiziqli algoritmlar deyiladi.
Chiziqli algoritm amallar ketma-ketligini tashkil qilib, hisoblash jarayonida bu amallar kelish tartibi bo’yicha faqat bir martagina bajariladi. Amalda chiziqli algoritmlar alohida juda kam uchraydi. Ular boshqa turdagi algoritmlar tarkibida qo’llaniladi. Bunday algoritmlardan, masalan, matematika, fizika, kimyo va boshqa formulalarni yuqori aniqlikda hisoblashda foydalanish mumkin. Ularda hisoblash amallari ketma-ket bajariladi.
Blok sxemadagi bloklarni turli xil holatlarda joylashtirish mumkin. Buning uchun eng asosiysi, ular ijrochiga tushunarli va qaysi qadamdan keyin qaerga borishi kerakligini aniq ko’rsatish kifoya qiladi.
Blok sxemada hisoblash amallari to’g’ri to’rt burchaklar ichida beriladi.
Tarmoqlanuvchi algoritmlar. Agar hisoblash jarayoni biror bir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar bo’yicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajarilsa,
bunday hisoblash jarayonlariga tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi.
Tarmoqlanuvchi algoritmlar o’z tarkibida bir yoki
bir nechta shartni tekshiruvchi blokning bo’lishi bilan xarakterlanadi va ularda ayri strukturasi ishlatiladi. Bu algoritmda shartning bajarilishi yoki bajarilmasligining natijasiga qarab u yoki bu amalning bajarishi ta’minlanadi. Shuning uchun shartning bajarilishiga qarab hisoblash jarayoni albatta tarmoqlanadi.
Berilgan shart romb orqali ifodalanadi, P - berilgan shart. Agar shart bajarilsa, “ha” tarmoq bo’yicha A amal, shart bajarilmasa “yo’q” tarmoq bo’yicha B amal bajariladi.
Tarmoqlanuvchi algoritmlarning blok-sxemasi turli xil holatda joylashtirilishi mumkin, eng asosiysi u tushunarli bo’lishi talab qilinadi.
Tarmoqlanuvchi algoritmlarning ikki xil konstrukstiyasi mavjud:
To’liq shartli konstrukstiya:
To’liq bo’lmagan shartli konstrukstiya:
Ko’pgina masalalarni yechishda, shart asosida tarmoqlanuvchi algoritmlarning ikkita tarmog’idan bittasining, ya’ni yoki “ha” yoki “yo’q” ning bajarilishi yetarli bo’ladi. Bu holat tarmoqlanuvchi algoritmning xususiy holi sifatida aylanish strukturasi deb atash mumkin. Aylanish strukturasi quyidagi ko’rinishlarga ega:
Shart sifatida ijrochiga tushunarli, rioya qilinishi yoki qilinmasligi mumkin bo’lgan har qanday ta’kid ishlatiladi. Ta’kid so’zlar yoki formula orqali ifodalanishi mumkin.
Ba’zi bir masalalarni yechishda shartsiz o’tish ishlatiladi va u orqali boshqaruvni u yoki bu hisoblashga berish mumkin.