Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə20/68
tarix07.01.2024
ölçüsü2,02 Mb.
#203361
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   68
M.20Nurullayev20-20Axborot20texnologiyalari20va20jarayonlarni20matematik20modellashtirish[1]

C++ tilida direktivalar


Direktivalar – funksiyalar kutubxonasini chaqirish. Ular maxsus include katalogida joylashgan va .h kengaytmali fayllar bo’ladi. С++ tilida masalaning qo’yilishiga qarab kerakli kutubxonalar chaqiriladi. Bu esa dasturning xotirada egallaydigan joyini minimallashtiradi.
Masalan, ma`lumotlarni kiritish-chiqarish protseduralari uchun: #include tizimdan chaqirish.
#include “iostream.h” joriy katalogdan chaqirish.
#include direktivasi kompilyatorga iostream.h sarlavha faylidagi ma`lumotdan foydalanish zarurligini ko`rsatadi. Qisqartirilgan stdio standart kiritish/chiqarish (standart input/output) so`zini anglatadi. iostream.h fayl, kompilyator disk fayllari va printer bilan ishlashi uchun kerakli bo`lgan ko`rsatmalarni saqlaydi.
Sarlavha faylida saqlanadigan ko`rsatmalarni main() funksiyadan oldin joylashtirish lozim.
Sarlavha fayli (< >) belgilari orasida berilsa, bu fayl INCLUDE katalogida mavjud bo`lishi mumkinligini kompilyatorga bildiradi. Instalyatsiya jarayonida sarlavha fayllari shu katalogga joylashtiriladi. Agar kompilyatsiya jarayonida sarlavha fayllari joriy katalogdan topilmasa, kompilyator uni INCLUDE katalogidan izlaydi.
Siz sarlavha faylini qo`shtirnoq ichiga olib ham yozishingiz mumkin.
#include “iostream.h”
Bu holda kompilyator sarlavha faylini faqat joriy katalogdan izlaydi, agar uni topa olmasa, xatolik mavjudligi xabarini beradi. Shuning uchun kompilyator hujjati bilan tanishib, qaysi holat o`rinli ekanligini aniqlang.
C++ dasturlash tili bilan ishlovchi eng sodda dasturlash muhiti Dev C++ va CodeBlocks dasturlari hisoblanadi. Ularning tarkibida 300 dan ortiq kutubxonalar mavjud. Eng ko’p ishlatiladigan kutubxonalar quyidagilar:
#include #include #include #include
#include va boshqalar
Makrolar (#define) – dastur bajarilishi davomida o’zgaruvchi ko’rsatilgan qiymatni qabul qilishi uchun ishlatiladi (const). Unda makroning nomi va qiymati ko’rsatiladi. Masalan:
#define pi 3.1415
#define x 556 #define s[100] #define M x*x*x

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin