Kompilyator va interpretator orasidagi farq nimadan iborat?
C++ tilining kompilyatorlari orasida tafovut mavjudmi?
Assembler tilining yuqori darajali tillardan farqi nimada?
Dastur matni boshlang`ich fayli nima?
Kompilyatsiya xatoligining bajarilish xatoligidan farqi nimada?
C++ tilining alfaviti va xizmatchi so`zlari haqida tushuncha bering.
Identifikator deganda nimani tushunasiz.
Funksiyalar kutubxonasi haqida tushuncha bering.
C++ tilida dasturning tuzilishi qanday?
#include direktivasining vazifasi nimadan iborat?
main() funksiyasining vazifasi nimadan iborat?
C++ ALGORITMIK TILINING KIRITISH VA CHIQARISH OPERATORLARI.
C++ algoritmik tilida ma'lumotlarni kiritish va chiqarish.
Qo’yidagi funksiyalar dasturda simvollarni kiritish va chiqarish uchun ishlatiladi. getch(arg) – bitta simvol kiritilishini kutish. Kiritilayotgan simvol monitorda aks etmaydi. Bu funksiyani programma oxirida argumentsiz ishlatilsa, monitorda ma'lumotlarni to klavisha bosilguncha o’qish mumkin bo’ladi.
putch(arg) – bitta simvolni standart oqimga chiqarish uchun ishlatiladi.
Simvol monitorda aks etmaydi.
getchar(arg) – bitta simvol kiritilishini kutish. Kiritilayotgan simvol monitorda aks etadi. Bu funksiyani programma oxirida argumentsiz ishlatilsa, monitorda ma'lumotlarni to klavisha bosilguncha o’qish mumkin bo’ladi.
putchar(arg) – bitta simvolni standart oqimga chiqarish uchun ishlatiladi.
Simvol monitorda aks etadi. Bu funksiyalar iostream.h modulida joylashgandir. Misol:
Include Void main()
{
int c; c=getchar(); putchar(c); c=getch(); putchar(); getch();
}