Printf funksiyasi ko’rsatilgan parametrlarni standart oqimga chiqarish uchun ishlatiladi. Funksiya iostream.h modulida joylashgan bo’lib, umumiy ko’rinishi qo’yidagicha:
Printf(control, arg1, arg2, …)
Controlboshqaruvchi qator deb atalib, ikki turdagi simvollardan iborat bo’ladi: oddiy chiqariluvchi simvollar va navbatdagi parametrni o’zgartirib chiqaruvchi spetsifikatsiyalar. Har bir spetsifikatsiya % simvolidan boshlanib o’zgartirish turini ko’rsatuvchi simvol bilan tugaydi. % belgisi va o’zgartirish simvoli orasiga qo’yidagi simvollarni qo’yish mumkin. Chiqarilayotgan argument chapga tekislash lozimligini ko’rsatuvchi minus belgisi. Maydon minimal uzunligini ko’rsatuvchi raqamlar qatori.
Maydon uzunligini keyingi raqamlar qatoridan ajratuvchi nuqta.
Biror qatordan qancha simvol ajratib olish lozimligini hamda float yoki double tipidagi sonlarda nuqtadan keyin qancha kasr raqamlari bosib chiqarilishini ko’rsatuvchi raqamlar ketma-ketligi.
Chiqarilayotgan son long tipiga tegishli ekanligini ko’rsatuvchi uzunlik markeri l.
O’zgartirish simvollari qo’yidagilardan iborat. d – parametr unli butun songa aylantiriladi.
o – parametr ishorasiz va birinchi raqami 0 bo’lmagan sakkizlik songa aylantiriladi.
x – parametr ishorasiz va 0x belgisiz o`n oltilik songa aylantiriladi. h – parametr ishorasiz o’nlik songa aylantiriladi.
c – parametr bitta simvol deb qaraladi.
s – parametr satr simvollar nolinchi simvol uchramaguncha yoki ko’rsatilgan sondagi simvollar bosiladi
e – parametr float yoki double tipidagi son deb qaraladi va ishorali m.nnnnnnE+- xx ko’rinishidagi o’nlik songa keltiriladi.
f – parametr float yoki double tipidagi son deb qaraladi va ishorali m.nnnnnn ko’rinishidagi o’nlik songa keltiriladi.
g - %e yoki %f sifatida ishlatiladi.
% dan keyingi simvol o’zgartirish simvoli bo’lmasa u bosmaga chiqariladi.
% simvolini o’zini bosmaga chiqarish uchun %% belgisini berish lozim.
Quyidagi jadval har xil spetsifikatsiyalarni "HELLO, WORLD" (12 simvolov) so’zini bosishga ta'sirini ko’rsatadi. Bu yerda har bir maydon uzunligini ko’rsatish uchun maydon oxiriga ikki nuqta qo’yilgan.
:%10S: :HELLO, WORLD:
:%10-S: :HELLO, WORLD:
:%20S: : HELLO, WORLD:
:%-20S: :HELLO, WORLD :
:%20.10S: : HELLO, WOR:
:%-20.10S: :HELLO, WOR :
:%.10S: :HELLO, WOR: