Izohlar. Siz dastur yozayotgan vaqtingizda nima ish qilmoqchi ekanligingiz doimo aniq bo`ladi. Lekin bir oy yoki bir yildan so`ng bu dasturga qaytish lozim bo`lsa dasturga tegishli detallar va ularning vazifalari nimadan iborat ekanligini bilmasligingiz mumkin.
Dasturni butunlay xotirangizdan o`chirib yubormaslik va boshqalarga ham tushunarli bo`lishi uchun izohlardan foydalanish lozim. Izohlar kompilyator tomonidan tushirib qoldiriladigan dasturning alohida satrida yoki butun bir blokida qo`llaniladi.
/* va */ belgilar orasidagi har qanday ifoda izoh hisoblanadi.
// belgidan keyin qatordagi har qanday ifoda izoh hisoblanadi.
// C++tilidayozilganengoddiyko`rinishdagidasturtuzilmasi #include /* direktiva orqali chaqirilgan sarlavha fayli*/usingnamespacestd;//DevC++muhitidaqo’yilishilozim intmain() /*dasturgakirishnuqtasiniko`rsatuvchifunksiya*/ { /*blokning boshlanishini qayd qiluvchi figurali qavs*/cout<<"Salom"; /*natijaniekranga chiqarishoperatori*/ /*vaularoxiriniko`rsatuvchinuqtavergulbelgisi/* return0; //funksiyaqiymatqaytaradi. } //blokningtugashiniqaydqilish Ushbu dastur C++ tili qoidalariga rioya qilingan holda yozilgan.
Dastur matnidagi ishlatilgan nuqta vergul ko`rsatma oxirini qayd qiladi va u ajratgich deb ataladi. Ajratgich kompilyatorga ko`rsatma tugaganligini va undan keyin boshqa ko`rsatma berilishi yoki dastur tugashi kerakligini bildiradi. Har bir
alohida ko`rsatma oxiriga albatta nuqta vergul qo`yilishi lozim. Har bir qator oxiriga emas, balki alohida tugallangan ko`rsatma oxiriga nuqta vergul qo`yiladi. Ba`zan ko`rsatma bir qatorga sig`maydi va ikkinchi qatordan davom ettiriladi. Bu holda ko`rsatma tugagandan keyin bir marta nuqta vergul qo`yiladi.
3– misol.
# include using namespace std;int main() {cout<<"Salom,MenMuhammedovMirshodman.Buxoroshahridaistiqomat qilaman.”; cout <<“Dastur tuzish yaxshi va bu mening birinch dasturim.";return0;} Dastur ishga tushirilsa ekranga quyidagi ikki qatordan iborat bo`lgan ma`lumot chiqadi.
Salom, Men Muhammedov Mirshodman. Buxoro shahrida istiqomat qilaman.Dastur tuzishyaxshivabumeningbirinchdasturim. C++ tili erkin formatli til hisoblanadi. Shuning uchun dastur qatori qayerdan boshlanishi va cheklagichlar qayerga qo`yilishi ahamiyatga ega emas. Yuqoridagi misolni bir necha xil usulda yozsak ham natija bir xilda bo`laveradi.
Dastur yozishda har bir dasturchining o`z uslubi mavjud. Ammo shunday bo`lsada har bir dasturchi ma`lum bir tartibga rioya qilgan holda, dasturning o`qilishini osonlashtirish maqsadida, probellardan unumli foydalanishi lozim. Chunki, kompilyatsiya jarayonida dastur matnidagi probellar olib tashlanadi.
Dastur matni o`qimishli bo`lishi uchun bir qancha tavsiyalarni berib o`tamiz va ularga rioya qilsangiz maqsadga muvofiq bo`lar edi.
Doimo main() funksiyasini alohida qatorga yozing.
Doimo ochuvchi va yopuvchi figurali qavslarni alohida qatorga yozing.
Dastur matnini tabulyatsiyadan foydalangan holda yozing. Agar matn hajmi katta bo`lsa chekinishlar yordamida dastur tuzilmasini tushunarli tarzda
yozish va mantiqiy birliklarini ajratish natijasida uni ancha o`qimishli qilishingiz mumkin.
Bu talablarga rioya qilishingiz natijasida sizning dasturingiz matni boshqa dasturchilar uchun ham o`qimishli bo`ladi. Dasturda ortiqcha yoki kam sondagi probellarning bo`lishi kompilyator uchun ahamiyatga ega emas. Ammo qavslar va nuqta vergullarning tushirib qoldirilishi xatolik hisoblanadi. Bu ko`rinishdagi xatoliklar sintaksis xatoliklari deb ataladi. Sintaksis xatoliklar tuzatilgandan so`ng kompilyator ishchi dastur kodini yarata oladi.