Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish


Funksiyani e`lon qilish va aniqlash



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə37/68
tarix07.01.2024
ölçüsü2,02 Mb.
#203361
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68
M.20Nurullayev20-20Axborot20texnologiyalari20va20jarayonlarni20matematik20modellashtirish[1]

Funksiyani e`lon qilish va aniqlash. Dasturda funksiyani qo`llash uchun, oldin uni e`lon qilish, keyin esa aniqlash lozim. Funksiyani e`lon qilishda kompilyatorga uning nomi, qaytaradigan qiymatlari va parametrlari haqida xabar beriladi. Funksiyani aniqlanishidan kompilyator uning qanday ishlashi haqida ma`lumot oladi. Dasturdagi biror funksiyani oldindan e`lon qilmasdan turib chaqirish mumkin emas. Funksiyani e`lon qilinishi uning prototipini (timsolini) hosil qilish deb ataladi.
Funksiyani e`lon qilish. Funksiyani e`lon qilishning uch xil usuli mavjud:

  • Funksiya prototipi faylga yoziladi, keyin esa u #include ifodasi qo`llanilib kerakli dasturga qo`shib qo`yiladi.

  • Funksiya ishlatiladigan faylga uning prototiplari yoziladi.

  • Funksiya uni chaqiruvchi ixtiyoriy funksiyadan oldin yoziladi va bu holda funksiya e`lon qilinishi bilan bir vaqtda aniqlanadi.

Funksiyani prototipini tuzmasdan turib ham uni ishlatishdan oldin e`lon qilish mumkin. Lekin, dasturlashning bunday uslubi quyidagi uchta sababga ko`ra yaxshi hisoblanmaydi.
Birinchidan, funksiyani faylda ko`rsatilgan tartibda yozish, uni dastur ishlatilishida o`zgartirish jarayonini murakkablashtiradi.
Ikkinchidan, quyidagi ko`p uchraydigan holatni amalga oshirish imkoniyati mavjud emas.
A() funksiya B() funksiyani chaqirsin. Xuddi shuningdek, dasturning biror bir qismida B() funksiya A() funksiyani chaqirsin. U holda A() funksiyani B() funksiya aniqlanmasdan turib ishlatib bo’lmaydi.
Bu holda hech bo`lmaganda bitta funksiya oldindan e`lon qilinishi lozim.
Uchinchidan, funksiyaning prototiplari dasturni tekshirish jarayonida juda yaxshi ishlatiladi. Agarda funksiya prototipi aniqlangan bo`lsa unga muvofiq funksiya aniqlangan parametrini qabul qiladi yoki aniqlangan biror bir qiymat qaytaradi. Dasturda e`lon qilingan prototipga muvofiq bo`lmagan funksiyani ishlatishga urinsak kompilyator bu xatolikni kompilyatsiya jarayonini o`zidayoq aniqlaydi va dastur ishlashida turli xatoliklarni ro`y berishining oldini oladi.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin