Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə36/68
tarix07.01.2024
ölçüsü2,02 Mb.
#203361
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68
M.20Nurullayev20-20Axborot20texnologiyalari20va20jarayonlarni20matematik20modellashtirish[1]

Funksiya

Aniqlanishi

Misol

ceil(x)

x ni x dan katta yoki unga teng bo’lgan eng
kichik butun songacha yaxlitlaydi.

ceil(12.6) = 13.0
ceil(-2.4) = -2.0

cos(x)

x ning trigonometrik kosinusi (x radianda).

cos(0.0) = 1.0

exp(x)

e ning x - darajasi (eskponetsial funksiya).

exp(1.0) = 2.71828
exp(2.0) = 7.38906

fabs(x)

x ning absolyut qiymati.

x>0 => abs(x) = x
x=0 => abs(x) = 0.0 x<0 => abs(x) = -x

floor(x)

x ni x dan kichik bo'lgan eng katta butun
songacha yaxlitlaydi.

floor(4.8) = 4.0
floor(-15.9) = -16.0

fmod(x,y)

x/y ning qoldig'ini kasr son tipida beradi.

fmod(7.3,1.7) = 0.5

log(x)

x ning natural logarifmi (e asosiga ko'ra).

log(2.718282)= 1.0

log10(x)

x ning 10 asosiga ko'ra logarifmi.

log10(1000.0)=3.0

pow(x,y)

x ning y chi darajasini beradi.

pow(3,4)= 81.0
pow(16,0.25) = 2

sin(x)

x ning trigonometrik sinusi (x radianda).

sin(0.0)= 0.0

sqrt(x)

x ning kvadrat ildizi.

sqrt(625.0)= 25.0

tan(x)

x ning trigonometrik tangensi (x radianda).

tan(0.0) = 0

Hаr bir funksiya – funksiyalаr shаblоni yoki funksiyalаr shаblоni to’plаmi yordаmidа ifоdаlаnаdi. Shundаy qilib, funksiya hаr хil tipdаgi qiymаtlаrgа egа bo’lgаn hаr хil kоntеynеrlаr bilаn ishlаy оlаdi. Bаrchа funksiyalаrni аrgumеntlаri (begin, end) yarim оrаliqlаr bo’lаdi.

Parametrlarni funksiyalarga uzatish.


Qaytariladigan qiymatlar, parametrlar va argumentlar. Funksiya biror bir qiymat qaytarishi mumkin. Funksiyaga murojaat qilingandan so`ng u qandaydir amallarni bajaradi, keyin esa u o`z ishining natijasi sifatida biror bir qiymat qaytaradi. Bu qaytariladigan qiymat deb ataladi va bu qiymatning tipi oldindan
e`lon qilinishi lozim. Quyidagi yozuvda myFunction funksiyasi butun sonli qiymat qaytaradi.
int myFunction()
Funksiyaga ham o`z navbatida biror bir qiymat uzatish mumkin. Uzatiladigan qiymatlar funksiyaning parametrlari deb aytiladi.
int myFunction (int Par, float ParFloat);
Bu funksiya nafaqat butun son qaytaradi, balki parametr sifatida butun va haqiqiy sonli qiymatlarni qabul qiladi.
Parametrda funksiya chaqirilganda unga uzatiladigan qiymat tipi aniqlanishi lozim. Funksiyaga uzatiladigan haqiqiy qiymatlar argumentlar deb aytiladi.
int theValueReturned=myFunction(5,6,7);
Bu yerda theValueReturned nomli butun sonli o`zgaruvchiga argument sifatida 5, 6 va 7 qiymatlar berilgan myFunction funksiyasining qaytaradigan qiymati o`zlashtirilayapti. Argument tiplari e`lon qilingan parametr tiplari bilan mos kelishi lozim.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin