Ko’p hollarda dasturning biror–bir qismini turli xil qiymatlarda ko’p marta takroran bajarishga to’g’ri keladi. Bunday hollarda dasturning ushbu qismi alohida bir qism sifatida ajratib qo’yiladi. Qachonki, ushbu qismga tegishli hisoblashlarni bajarishga to’g’ri kelsa, bu qismga kerakli qiymatlarni bergan holda murojaat tashkil qilinadi. Agar bu qism natija qaytarsa, u funksiya, aks holda prosedura deyiladi.
Funksiyaga bir necha qiymat uzatish mumkin, biroq u bitta qiymat qaytariladi. Funksiya ichida dasturlashning barcha qoidalari bajariladi.
Funksiyalar dasturchi ishini juda yengillashtiradi. Funksiyalar yordamida dastur modullashadi, qismlarga bo'linadi. Bu esa keyinchalik dasturni rivojlantirishni osonlashtiradi. Bunda dasturchi yozgan funksiyalar C++ ning standart kutubxonasi va boshqa kutubxonalar ichidagi funksiyalar bilan birlashtiriladi. Bu esa ishni osonlashtiradi. Ko'p holda dasturda takroran
bajariladigan amalni funksiya sifatida yozish va kerakli joyda ushbu funksiyani chaqirish mumkin. Dastur yozilish davrida xatolarni topishni yengillashtiradi.
C++ tilida asosiy funksiya main()hisoblanadi. Dasturda ushbu funksiya albatta bo’lishi shart, dasturning bajarilishi shu funksiya bilan boshlanadi, boshqa barcha funksiyalar ana shu funksiya orqali chaqiriladi. Dasturning qismida qaysi funksiya nomi yozilgan bo’lsa, boshqaruv shu funksiya tanasiga o’tadi. Bu jarayon funksiyani chaqirilishi (yoki funksiyaga murojaat qilish) deb aytiladi. Funksiya ishini tugatgandan so’ng dastur o’z ishini funksiya chaqirilgan qatorning keyingisidan boshlab davom ettiradi, ya`ni boshqarish murojaat qilingan dastur qismiga qaytariladi.
Funksiya dasturining nom berilgan shunday qismiki, unga dasturning boshqa funksiyalarning tuzilish usuliga to’xtalib o’tishdan oldin funksiyaga har bir bo’limdan qancha murojat qilish talab qilinsa, shuncha murojat qilish mumkin.
Funksiya bu ma`nosiga ko`ra dastur osti bo`lib, u ma`lumotlarni o`zgartirishi va biror bir qiymat qaytarishi mumkin. C++ da har bir dastur hech bo`lmaganda bitta main() funksiyasiga ega bo`ladi. main() funksiyasi dastur ishga tushirilishi bilan operatsion sistema tomonidan avtomatik chaqiriladi. Boshqa funksiyalar esa u tomonidan chaqirilishi mumkin.
Har bir funksiya o`zining nomiga egadir. Qachonki, dasturda bu nom uchrasa boshqaruv shu funksiya tanasiga o`tadi. Bu jarayon funksiyani chaqirilishi (yoki funksiyaga murojaat qilish) deb aytiladi. Funksiya ishini tugatgandan so`ng dastur o`z ishini funksiya chaqirilgan qatorning keyingisidan boshlab davom ettiradi. Dastur bajarilishining bunday sxemasi yuqoridagi rasmda ko`rsatilgan.
Func3
90
Func2