Dasturlashda bir emas balki bir nechta shartli ifodalarni tekshirish zaruriyati juda ko`p uchraydi. Masalan, xo`zgaruvchisi yo`zgaruvchisidan, y esa o`z navbatida zo`zgaruvchisidan kattami sharti bunga misol bo`la oladi. Bizning dasturimiz mos amalni bajarishdan oldin bu ikkala shart rost yoki yolg`onligini tekshirishi lozim.
Quyidagi mantiq asosida yuqori darajada tashkil qilingan signalizatsiya sistemasini tasavvur qiling. Agarda eshikda signalizatsiya o`rnatilgan bo`lsa VA kun vaqti kech soat olti VA bugun bayram YOKI dam olish kuni BO`LMASA politsiya chaqirilsin. Barcha shartlarni tekshirish uchun C++ tilining uchta mantiqiy operatori ishlatiladi.
Mantiqiy operatorlar
Operator
Belgi
Misol
VA
&&
1 ifoda && 2 ifoda
YOKI
||
1 ifoda || 2 ifoda
INKOR
!
!ifoda
Mantiqiyko`paytirishoperatori.Mantiqiy ko`paytirish operatori ikkita ifodani hisoblaydi, agar ikkala ifoda true qiymat qaytarsa VA operatori ham trueqiymat qaytardi. Agarda sizning qorningiz ochligi rost bo`lsa VA sizda pul borligi ham rost bo`lsa siz supermarketga borishingiz va u yerdan o`zingizga tushlik qilish uchun biror bir narsa xarid qilishingiz mumkin. Yoki yana bir misol, masalan,
if(x==5)&&(y==5) mantiqiy ifodasi agarda xva yo`zgaruvchilarini ikkalasining ham qiymatlari 5 ga teng bo`lsagina trueqiymat qaytaradi. Bu ifoda agarda o`zgaruvchilardan
birortasi 5 ga teng bo`lmagan qiymat qabul qilsa falseqiymatini qaytaradi. Mantiqiy ko`paytirish operatori faqatgina o`zining ikkala ifodasi ham rost bo`lsagina trueqiymat qaytaradi.
Mantiqiy ko`paytirish operatori && belgi orqali belgilanadi.