Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə28/68
tarix07.01.2024
ölçüsü2,02 Mb.
#203361
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68
M.20Nurullayev20-20Axborot20texnologiyalari20va20jarayonlarni20matematik20modellashtirish[1]

Mantiqiy qo`shish operatori. Mantiqiy qo`shish operatori ham ikkita ifoda orqali hisoblanadi. Agarda ulardan birortasi rost bo`lsa mantiqiy qo`shish operatori true qiymat qaytaradi. Agarda sizda pul YOKI kredit kartochkasi bo`lsa, siz schyotni to`lay olasiz. Bu holda ikkita shartning birdaniga bajarilishi: pulga ham va kredit kartochkasiga ham ega bo`lishingiz shart emas. Sizga ulardan birini bajarilishi yetarli. Bu operatorga oid yana bir misolni qaraymiz. Masalan,
if(x==5)||(y==5)
ifodasi yoki x o`zgaruvchi qiymati, yoki y o`zgaruvchi qiymati, yoki ikkala o`zgaruvchining qiymati ham 5 ga teng bo`lsa rost qiymat qaytaradi.
Mantiqiy inkor operatori. Mantiqiy inkor operatori tekshirilayotgan ifoda yolg`on bo`lsa true qiymat qaytaradi. Agarda tekshirilayotgan ifoda rost bo`lsa inkor operatori false qiymat qaytaradi. Masalan,
(if !(x==5))
ifodasining qiymati, agarda x o`zgaruvchisi 5 ga teng bo`lmasa true qiymat qaytaradi. Bu ifodani boshqacha ham yozish mumkin:
if(x!=5)


Switch operatori.
Ayrim masalalarni yechishda if operatori ichida ko`p sondagi if operatorlarini qo`llashga to`g`ri keladi. Bu esa dasturni yozishni ham, uni tushinishni ham murakkablashtirib yuboradi. Bunday muammoni yechish uchun C++ tilida switch operatori qo`llaniladi. Bu operatorning if operatoridan asosiy farqi shuki, unda bir yo`la bir nechta shart tekshiriladi. Natijada dasturni tarmoqlanishi nisbatan samaraliroq bo`ladi. switch operatorining sintaksisi quyidagicha:
switch(ifoda)
{
case Birinchi qiymat: operator;
break;
case Ikkinchi qiymat: operator; break;
.....
case N inchi qiymat: operator; break;
default: operator;
}
switch operatoridan keyingi qavs ichida tilning konstruktsiyasi nuqtai– nazaridan to`g`ri bo`lgan ixtiyoriy ifodani ishlatish mumkin. Operator identifikatori o`rnida ham ixtiyoriy operator yoki ifoda, hamda operator va ifodalarning ketma-ketligini ishlatish mumkin. Lekin bu yerda mantiqiy operatsiyalar yoki taqqoslash ifodalarini ishlatish mumkin emas.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin