Hаr bir funksiya – funksiyalаr shаblоni yoki funksiyalаr shаblоni to’plаmi yordаmidа ifоdаlаnаdi. Shundаy qilib, funksiya hаr хil tipdаgi qiymаtlаrgа egа bo’lgаn hаr хil kоntеynеrlаr bilаn ishlаy оlаdi. Bаrchа funksiyalаrni аrgumеntlаri (begin, end) yarim оrаliqlаr bo’lаdi.
Parametrlarni funksiyalarga uzatish.
Qaytariladigan qiymatlar, parametrlar va argumentlar.Funksiya biror bir qiymat qaytarishi mumkin. Funksiyaga murojaat qilingandan so`ng u qandaydir amallarni bajaradi, keyin esa u o`z ishining natijasi sifatida biror bir qiymat qaytaradi. Bu qaytariladigan qiymat deb ataladi va bu qiymatning tipi oldindan
e`lon qilinishi lozim. Quyidagi yozuvda myFunction funksiyasi butun sonli qiymat qaytaradi.
intmyFunction() Funksiyaga ham o`z navbatida biror bir qiymat uzatish mumkin. Uzatiladigan qiymatlar funksiyaning parametrlari deb aytiladi.
intmyFunction(intPar,floatParFloat); Bu funksiya nafaqat butun son qaytaradi, balki parametr sifatida butun va haqiqiy sonli qiymatlarni qabul qiladi.
Parametrda funksiya chaqirilganda unga uzatiladigan qiymat tipi aniqlanishi lozim. Funksiyaga uzatiladigan haqiqiy qiymatlar argumentlar deb aytiladi.
inttheValueReturned=myFunction(5,6,7); Bu yerda theValueReturned nomli butun sonli o`zgaruvchiga argument sifatida 5, 6 va 7 qiymatlar berilgan myFunction funksiyasining qaytaradigan qiymati o`zlashtirilayapti. Argument tiplari e`lon qilingan parametr tiplari bilan mos kelishi lozim.
0>