Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə39/68
tarix07.01.2024
ölçüsü2,02 Mb.
#203361
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   68
M.20Nurullayev20-20Axborot20texnologiyalari20va20jarayonlarni20matematik20modellashtirish[1]

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Lokal
Funksiyaning aniqlanishi. Funksiyaning aniqlanishi ikki qismdan – uning sarlavhasi va tanasidan iboratdir. Funksiyaning sarlavhasi uning prototipiga o`xshash aniqlanadi, faqatgina bu holda parametrlar nomlangan bo`lishi shart va sarlavha oxirida nuqtali vergul qo`yilmaydi. Funksiya tanasi figurali qavsga olingan ifodalar to`plamidan iborat. Funksiyaning sarlavhasi va tanasi quyida ko`rsatilgan.
Yuza(int uzunlik,int kenglik)
{ - ochiluvchi figurali qavs.
// funksiya tanasi
return (uzunlik*kenglik).
} - yopiluvchi figurali kavs.
Funksiyaning bajarilishi. Funksiya chaqirilganda unda ko`rsatilgan amallar ochiluvchi figurali qavsdan ({) keyingi birinchi ifodadan boshlab bajariladi. Funksiya tanasida if shartli operatoridan foydalanib tarmoqlanishni ham amalga oshirish mumkin.
Funksiya o`z tanasida boshqa funksiyalarni va hatto o`z – o`zini ham chaqirishi mumkin.

Lokal, statik, dinamik o‘zgaruvchilar.


Lokal o`zgaruvchilar. Funksiyaga qiymatlar uzatish bilan birga uning tanasida o`zgaruvchilarni e`lon qilish ham mumkin. Bu lokal o`zgaruvchilar orqali amalga oshiriladi. Qachonki dasturni bajarilishi funksiyadan asosiy qismga qaytsa, bu funksiyadagi lokal o`zgaruvchilar xotiradan o`chiriladi.
Lokal o`zgaruvchilar xuddi boshqa o`zgaruvchilar kabi aniqlanadi. Funksiyaga beriladigan parametrlarni ham lokal o`zgaruvchilar deb atash mumkin va ularni funksiya tanasida aniqlangan o`zgaruvchilar kabi ishlatish mumkin. Navbatdagi misolda funksiya parametrlari va funksiya ichida aniqlangan lokal o`zgaruvchilarni qo`llashga oid misol keltirilgan.
17 – misol. Funksiya lokal o`zgaruvchilari va parametrlarining qo`llanilishi.
# include using namespace std;
float Almashtirish(float); int main()
{
float TempFer; float TempCel;
cout << “Farengeyt bo`yicha temperaturani
<< “kiriting:”; cin >> TempFer;
TempCel = Almashtirish(TempFer);
cout << “\n Bu temperatura selziy shkalasi
<< “bo`yicha: ”;
cout << TempCel << endl; return 0 ; }
float Almashtirish(float TempFer)
{
float TempCel; tempCel=((TempFer-32)*5)/9;
return TempCel;
}
NATIJA:

    • Farengeyt bo`yicha temperaturani kiriting: 50

    • Bu temperatura selziy shkalasi bo`yicha: 10


Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin