Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish


MathCAD dasturida hisoblashlar MathCAD muhitida sonli hisoblashlar



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə52/68
tarix07.01.2024
ölçüsü2,02 Mb.
#203361
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68
M.20Nurullayev20-20Axborot20texnologiyalari20va20jarayonlarni20matematik20modellashtirish[1]

MathCAD dasturida hisoblashlar MathCAD muhitida sonli hisoblashlar.


Barcha matematik sistemalarda matematik ifoda markaziy tushuncha bo’lib
hisoblanadi. U sonlar ko’rinishida (ayrim hollarda simvollar ko’rinishida) nima hisoblanishi kerak ekanligini belgilaydi. Masalan: 12+3; 2.5-1+2*3-sin(x); cos(π). Matematik ifodalar - sonlar, konstantalar, o’zgaruvchilar, operatorlar,
funksiyalar va har xil maxsus belgilar yordamida tuziladi.
Sonlar – ifodaning miqdor qiymatlarini o’zida aks ettiruvchi eng sodda ob’ektdir. Agar sonning nomi qiymatiga mos kelsa, uni konstanta deb atash mumkin. Sonlar butun, kasr, belgilangan yoki suzuvchi nuqtali bo’lishi mumkin. Ularni mantissasi va tartibi orqali ham ko’rsatish mumkin. Masalan: 0.2; -3; 2.399; 0.00001; -123.465E-21; 345.657E12.
MathCADda sonning mantissasida butun qism kasr qismidan vergul orqali emas, balki nuqta orqali ajratiladi. Sonning mantissasini tartibidan ajratish uchun “E” simvoli ishlatiladi. Musbat sonlarning oldiga ishora qo’yilmaydi, manfiy sonlarning oldiga esa “-” (minus) ishorasi qo’yiladi.
Sonlar kompleks bo’lishi mumkin: z=Re(x)+Im(x)*i. Bunday sonlar haqiqiy Re(x) va mavhum Im(x) qismlardan iborat bo’ladi. Sonlarning mavhum qismi -1 dan kvadrat ildizga teng bo’lgan i yoki j ko’paytiruvchiga ega bo’ladi: a+bi.
Konstanta – yagona nomga ega bo’lgan va oldindan aniqlangan sonli yoki simvolli qiymat. Sonlar (masalan: 1.6, 13, -67, …) nomsiz sonli konstantalar hisoblanadi. Simvolli konstanta – apostroflar orasiga olingan simvollar, masalan, “MathCAD”. Agar apostroflar orasiga matematik ifoda olingan bo’lsa, u hisoblanmaydi, balki simvollar ketma-ketligi deb qaraladi.
Operatorlar – bu ma’lumotlar (operandlar) ustida bajariladigan ma’lum amallarni ifodalovchi maxsus belgilash.
Mantiqiy amallar:



Not

And

Or

Xor

0 =1
1 =0

0 0=0
0 1=0
1 0=0
1 1=1

0 0=0
0 1=1
1 0=1
1 1=1

0 0=0
0 1=1
1 0=1
1 1=0

Munosabat va mantiqiy amallarini “Логический” panelidan olish mumkin.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin