Bularning barchasi bir xil prinsipda ishlaydi ya’ni bir xil matematik algoritmlar va
olingan natijalarni bir biri bilan solishtirish. Barmoq izlarining skanerlari. Barmoq
izlarini skanerlovchi an’anaviy qurilmalarda asosiy element sifatida barmoqning
xarakterli rasmini yozuvchi kichkina optik kamera ishlatiladi(1.4-rasm). Ammo,
daktiloskopik qurilmalarni ishlab chiqaruvchilarning ko’pchiligi integral sxema
asosidagi sensorli qurilmalarga e’tibor bermoqdalar. Bunday tendentsiya barmoq
izlariga asoslangan autentifikatsiyalashni qo’llashning yangi sohalarini ochadi.
Bunday texnologiyalarni ishlab chiquvchi kompaniyalar barmoq izlarini olishda turli,
xususan elektrik, elektromagnit va boshqa usullarni amalga oshiruvchi vositalardan
foydalanadilar.
Skanerlardan biri barmoq izi tasvirini shakllantirish maqsadida teri qismlarining
sig’im qarshiligini o’lchaydi. Masalan, Veridicom kompaniyasining daktiloskopik
qurilmasi yarimo’tkazgichli datchik yordamida sig’im qarshiligini aniqlash orqali
axborotni yig’adi. Sensor ishlashining prinsipi quyidagicha
Ushbu asbobga qo’yilgan barmoq kondensator plastinalarining biri vazifasini
o’taydi.Sensor sirtida joylashgan ikkinchi plastina kondensatorning 90000 sezgir
plastinkali kremniy mikrosxemasidan iborat. Sezgir sig’im datchiklari barmoq sirti
do’ngliklari va pastliklari orasidagi elektrik maydon kuchining o’zgarishini o’lchaydi.
Natijada do’ngliklar va pastliklargacha bo’lgan masofa aniqlanib, barmoq izi tasviri
olinadi. Integral sxema asosidagi sensorli tekshirishda AuthenTeckompaniyasida
ishlatiluvchi usul aniqlikni yana ham oshirishga imkon beradi.
Bu usul bo’yicha asosiy skaner sifatida Identix kompaniyasining TouchSafe II
skanerlarini keltirish mumkin. Bu skaner kontrolleri kompyuterga ISA shinasi orqali
ulanadi.
Qator ishlab chiqaruvchilar biometrik tizimlarni smart-kartalar va karta– kalitlar bilan
kombinatsiyalaydilar.
Integral sxemalar asosidagi barmoq izlari datchiklarining kichik o’lchamlari va yuqori
bo’lmagan narxi ularni himoya tizimi uchun ideal interfeysga aylantiradi. Ularni
kalitlar uchun breloklarga o’rnatish mumkin. Natijada foydalanuvchi kompyuterdan
boshlab to kirish yo’li, avtomobillar va bankomatlar eshiklaridan himoyali
foydalanishni ta’minlaydigan universal kalitga ega bo’ladi
Dostları ilə paylaş: