qatnashchilari asosan quyidagi holatlarga duch keladilar:
- rad etish – xabar yuborgan o‘zi yuborgan xabarni rad etishi;
- qalbakilashtirish – qabul qiluvchi xabarni o‘zgartiradi, qalbakilashtiradi;
- o‘zgartirish – qabul qiluvchi xabarni o‘zgartiradi;
- niqoblash – tartib buzar xabarni boshqa shaxsga rasmiylashtiradi va h.k.
SHunday hollarda ERI aloqa tizimlarida yuqorida sanab o‘tilgan buzilishlaridan muhofaza
qilinishini ta’minlaydi, ya’ni:maxfiy kalit faqat yuboruvchining o‘zigagina ma’lum bo‘lsa,
u holda qabul qiluvchi tomonidan qabul qilib olingan ma’lumot faqat yuboruvchi
tomonidan jo‘natilganligini rad etib bo‘lmaydi; raqib tomon maxfiy kalitni bilmagan holda
o‘zgartirish, qalbakilashtirish, niqoblash va boshqa shu kabi aloqa tizimi qoidalarining
buzilishiga imkoniyat tug‘dirmaydi. Hujjatni o‘zgartirishga urinishda xesh qiymat
o‘zgaradi va imzo qonuniy kuchga ega bo‘lmay qoladi.
SHuningdek, ERI korxona va savdo-sotiqqa oid tashkilotlarda hisobotlarni elektron
ko‘rinishda topshirishda, elektron hujjatga yuridik maqomini berishda katta ahamiyatga
ega. 1-rasm. ERIni shakllantirish jarayoni.ERIning umumiy tan olingan sxemasi (modeli)
uchta jarayonni o‘z ichiga oladi:
ERI kalitlarini generatsiyalash; ERIni shakllantirish;ERIni tekshirish (haqiqiyligini
tasdiqlash).
Elektron hujjatni ERI bilan shakllantirish jarayoni 1-rasmda keltirilgan bo‘lib, avval
yuboriluvchi ma’lumotning xesh-funksiya qiymati hisoblanadi. So‘ngra elektron raqamli
imzo algoritmiga ko‘ra jo‘natuvchi tomon yopiq kaliti orqali ma’lumot imzolanadi.
ERIni tekshirishda jo‘natuvchi tomon ochiq kaliti orqali hisoblangan xesh-funksiya
qiymati va ma’lumot xesh-funksiya qiymatlari solishtiriladi. Quyidagi 2-rasmda. ERIni
tekshirish jarayoni keltirilgan.
Turli ERI algoritmlarini shakllantirish va uning haqiqiyligini tekshirish amallari ularning
matematik funksiyalari orqali farqlanadi.
Ushbu maqolada mavjud ERI algoritmlarining matematik funksiyalari muammolar
murakkabligiga ko‘ra sinflangan (1-jadval):
- Faktorlash muammosining murakkabligiga asoslangan ERI algoritmlari.
- Diskret logarifm muammosining murakkabligiga asoslangan ERI algoritmlari.
- Elliptik egri chiziqli diskret logarifm muammosining murakkabligiga asoslangan ERI
algoritmlari.
- Parametrlar algebrasiga asoslangan ERI algoritmlari.
Dostları ilə paylaş: