Axborot texnologiyalari xizmatlari va jarayonlari raqobatbardosh boshqaruvi


Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili



Yüklə 99,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix13.12.2023
ölçüsü99,64 Kb.
#174660
1   2   3   4   5   6   7
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022
-yil 
28-yanvardagi PF-60-
sonli “2022
-2026-yillarga 
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot 
stra
tegiyasi to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlan
-
gan “2022
-2026-yilla
rga mo‘ljallangan Yangi O‘zbe
-
kistonning taraqqiyot strategiyasi”ning “III. Milliy 
iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish 
sur’atlarini ta’minlash” bo‘limidagi 28
-maqsadida 
“Turizm, transport, axborot
-kommunikatsiya, jum-
la
dan dasturiy ta’mino
tlar va boshqa xizmatlar eks-
portini 1,7 baravarga oshirish yoki 4,3 milliard 
AQSh dollariga yetkazish” vazifasi belgilab beril
-
gan[1]. 
A.N.Aripov o‘z monografiyasida “
Axborot-
kommunikatsiya sohasini boshqarish turli usullar 
bilan amalga oshiriladi va ularning har biri boshqa-
ruvchi tizimning boshqariluvchi tizimga bo‘lgan 
muayyan ta’siri bilan tavsiflanadi”, –
deya ta’kidlab, 
O‘zbekiston axborot
-kommunikatsiya sohasining 
o‘ziga xos xususiyatini va uni boshqarish pillapoya
-
si
ni hisobga olgan holda ko‘rib 
chiqilayotgan bosh-
qarish usullarini ikki katta guruhga ajratgan:
1. Soha ichida muvofiq muhitni ta’minlay
di-
gan, sohaning o‘z doirasida qo‘llaniladigan usullar
.
IQTISODIYOTDA AXBOROT TIZIMLARI
https://doi.org/10.55439/ECED/vol24_iss2/a54
 
 


Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 2-son
 
 343
2. Axborot-kommunikatsiya sohasini davlat 
tomonidan boshqarish usullari (so‘nggi paytlarda
«davlat tomonidan tartibga solish» deb ham talqin 
qilinadi) [2]. 
“AXELOS Limited”
ning 
“ITIL® Foundation. 
ITIL 4 Edition” yo‘riqnomasida ITIL v4 freymvor
ki-
ning asosiy komponentlari SVS (Service value sys-
tem 

Xizmat qadriyatlar (qiymatlar) tizimi) va to
‘rt 
o‘lchovli modeli haqida so‘z yuritiladi [3].
L.Z.Davletkireyevaning fikricha, tashkilotlar-
da IT hajmining o‘sishi bilan IT buxgalteriya hisobi 
va aktivlarini boshqarishning dolzarbligi ham o‘sib 
bormoqda. Oddiy IT konfiguratsiyasini boshqarish 
ham, tashkilotning buxgalteriya hisobi ham javob 
bera olmaydigan savollar tobora ko‘payib bormoq
-
da. Dunyo bo‘ylab ko‘plab hukumat va tijorat tash
-
ki
lotlari shunga o‘xshash savollarni berishmoqda 
[4]. 
Peter Fanning ITIL v3 da joriy davr va ushbu 
bozor muhitining muhim muvaffaqiyat omillarini 
aniqlash strategik menejmentning muhim vazifasi-
dir, 
deya ta’kidlangan [5].
K.Skripkin: 

ITIL jarayonlarini amalga oshi-
rish bo‘yicha amaliy tavsiyalar, qoida tariqasida, 
kaskad modeliga amal qiladi
”,

deya e’tirof etib

mis
ol uchun, o‘zgarishlar qilganda, bu o‘zgarishlar 
bilan erishilgan biznes maqsadlarini aniq tushunish, 
o‘zgarishda ishtirok etgan barcha tomonlarni aniq
-
lash, o‘zgarishlarni biznes maqsadlariga to‘liq mu
-
vofiqligi uchun bosqichma-bosqich rejalashtirish, 
ko
‘p bosqichli sinov va nihoyat, rejaga to‘liq muvo
-
fiq ravishda o‘zgartirish haqida so‘z yuritadi [6].
А.A.Badyuk o‘z izlanishlarida ilgari ko‘rib chi
-
qilmagan statistik ma’lumotlarni

raqobatbardosh-
likni baholash uchun eng muhim bo‘lgan quyidagi 
omillarn
i aniqlagan: xodimlarning o‘rtacha ish haqi; 
xodimlarning o‘rtacha maoshi; iste’molchilar soni; 
xodimlar soni; yiliga mahsulotni yangilash chastota-
si; o‘tgan yilga nisbatan daromadlarning o‘sish sur’
-
ati; 10 yildan ortiq tajribaga ega xodimlar soni; ish 
jarayoni paytida stressli vaziyatlar; oyiga kompa-
niya veb-saytiga tashrif buyuruvchilar soni [7]. 
A.A.Sergey
eva va N.F.Yefimova o‘z maqolasi
-
da autsorsing bilan shug‘ullanuvchi shartli IT
-
kompaniyaning raqobatbardoshligini PEST-tahlil, 
SWOT-tahlil va J.J.Lamben usullari bilan tadqiq qil-
ganlar. Tadqiqot davomida o‘rganilayotgan kompa
-
niya o‘zgaruvchan iqtisodiy sharoitlarga moslashi
-
shi, mijozlarni jalb qilish uchun kuchli tomonlaridan 
foydalanishi kerakligi ta’kidlangan [8].
Rossiyalik iqtisodchi M.I.Gelvanovskiy iqtiso-
diyotning makro va mikrodarajalarida raqobatbar-
doshlikni shakllantirish jarayonini ko‘rib chiqadi, 
chunki raqobatbardoshlik iqtisodiy raqobat subyek-
ti uchun afzalliklarni yaratadigan xususiyatlarga ega 
bo‘lish haqida fikrlarni olg‘a surad
i [9]. 
P.S.Zavyalov tovarlar va xizmatlarda muvaf-
faqiyatli (yoki muvaffaqiyatsiz) raqobatdosh ana-
loglarga qarshi ichki va tashqi bozorlarda mamla-
katning iqtisodiy, ilmiy, texnik, ishlab chiqarish, 
tashkiliy, boshqaruv, marketing va boshqa imko-
niyat
larining (shuningdek, har qanday ma’lum bir 
ishlab chiqaruvchining) konsentratsiyalangan ifoda-
si sifatida raqobatbardoshlikni tarkibiy qismlarga 
ajratadi [10]. 

Yüklə 99,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin