grafklashtirish deyiladi, uning natijasi esa grafika deyiladi. Grafik shartli ravishda voqelikni yoki qandaydir jarayonni tasvirlaydi. Grafikada qo‘llaniladigan hamma belgilar g‘oyalar belgisi bo‘lib, uning o‘zi yaxlit holatda g‘oyalar to‘plamini ifodalaydi.
Grafika ikki elementga bo‘linadi: grafik qiyofa va eksplikatsiya. Grafik qiyofa– chizmalar to‘plami bo‘lib, ular o‘zaro bog‘lanishlari bilan birgalikda tushuniladi. Eksplikatsiya – grafik obraz mohiyatini ochib beruvchi shartli belgilar to‘plami.
Grafik obraz – simvol, geometrik shakl ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Shartli belgilar yordamida ifodalangan grafik obraz ma’nosi uning geometrik shakliga bog‘liq emas, sharoitga bog‘liq holda tushuniladigan obrazlar simvolli obrazlarga taalluqlidir. Shartli belgilar qandaydir tushunchalar (simvollar) bilan puxta bog‘langan bo‘lishi, aniq bir sohadagi belgilar to‘plami esa maxsus simvollar bilan ifodalanishi mumkin.
Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish, shuningdek, grafik ob’ektlar va fayllarda bo‘lgan nografik ob’ektlar o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb atash qabul qilingan.
Кompyuter grafikasi – EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o‘zgartirish va tahrirlashdir.
Кompyuter grafikasi – informatikaning maxsus qismi bo‘lib, dasturiy-apparat hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini o‘rganadi.
Kompyuter grafikasideganda odatda grafik ma’lumotlarni kompyuter vositasida tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va namoyish etish jarayonlarini avtomatlashtirish tushunilsa, grafik ma’lumot deganda ob’ekt modellari va tasvirlari tushuniladi.
Kompyuter grafikasi – kompyuter yordamida yaratilgan, asosan, maxsus grafik apparat va dasturiy taminotlar vositasida yaratilgan tasviriy ifoda, ya’ni suratlar va filmlardir. Bu kompyuter ilmiy olamidagi ulkan va eng so‘nggi sohalardan biridir.